JIDUda hujjat qabul qiliş muddati böyiça eʼtirozlar

Matn4-iyul, 2018, 18:163 daqiqa0 koʻrish

#Abituriyent2018

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rasmiy saytida abituriyentlardan hujjatlar 15-iyundan 5-iyulgaça qabul qilinadi, degan xabar çiqibdi.

Bu degani ertaga JIDUga hujjat topşirişning oxirgi kuni ekan.

Tovba, nimalar bölyapti özi-a?

Qanaqa qilib hujjatlar 5-iyulgaça qabul qilinişi mumkin, axir Vazirlar Mahkamasining bugungi kunda kuçda bölib turgan 393-sonli qarorida hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgaça qabul qilinadi, deya körsatilgan bölsa?

Yoki JIDUga Vazirlar Mahkamasining bu qarori taalluqli emasmi? Unda tegişli özgariş kiritişsin, marhamat. Özgariş kiritilgan bölsa, unda eʼlon qilişsin. Axir normativ-huquqiy hujjatlar rasman eʼlon qilingandan keyin kuçga kirişini hamma biladiku (sal börttirdim).

Tuşunib turibman, universitet rahbariyatining aytadigan gapi aniq: 2018-yil 21-iyundagi Prezident qarorini asos qilib keltirişadi. Yaʼni "bizda yangiça tartib joriy qilingan, testdan oldin oğzaki imtihon olinadi, şuning uçun qabulni vaqtliroq tugatamiz", deyişmoqçidir. Lekin birinçidan, uşbu Prezident qarori hozirgi holatga asos böla olmaydi. Çunki Prezident qarorining eʼlon qilingan matnida "hujjatlar 5-iyulgaça qabul qilinsin", deyilmagan (agar eʼlon qilinmagan birorta ilovasida bölmasa). Ikkinçidan, testdan oldingi oğzaki suhbat tartibining özi yöq. U qanaqa böladi, kim oladi suhbatni, qaysi asosga köra ötadi yoki ötmaydi, hammasi mavhum.

Qiziq-da, özi JIDUda qabul butun respublikadan keç boşlandi. Hammayoqda 16-iyundan qabul boşlangan bölsa, JIDUning kvotalari 21-iyunga kelibgina tasdiqlandi. Ungaça xohlaşsa ham birorta hujjat olişolmasdi. Tillar kesimida kvotani bölişga ham 1-2 kun vaqt ketgan, desak, JIDU kamida hamma OTMdan 1 hafta keç qabulni boşlagan.

Endi esa hammadan 10 kun oldin qabulni tugatişmoqçi. Iya, bu nimasi? Bu yangi sxemami? Qança kam odam topşirsa, şunça yaxşi degan prinsipmi bu? Qani şaffoflik? Qani oçiqlik? Qani QONUNIYLIK? 5-iyulda qabulni tugatişga birorta qonuniy asosi bormi Universitetning? Bölsa, bilib qöysak yomon bölmasdi. Eşigidan kelgan abituriyentni nima deb qaytarişadi, qandaydir rasmiy izoh berişlari kerakku axir.

Bundan taşqari DTM saytiga JIDU ulanmagan şekilli, bugungi kungaça neçta hujjat kelib tuşgani haqida barça OTMlarning maʼlumoti bor, lekin aynan JIDUniki yöq. Faqat universitet saytida körinib turibdi xolos. Nega DTM saytida uşbu universitet maʼlumotlari berilmayotgani hozirça nomaʼlum.

Ha, aytgança bizga yana bir narsa nomaʼlum. Nima uçun haligaça 21-iyunda qabul qilingan JIDU faoliyatiga oid Prezident qarori Lex.uz saytiga joylanmagan? Buning sababini ham hozirça bilmaymiz.

Xullas, savollar köp, hozirça javobi yöq. "Taşqi işlar tizimida sifatli kadrlar tayyorlamoqçimiz" degan şior juda ham ezgu va biz ezgu işlar taşkilotçilarini töliq qöllab-quvvatlaymiz. Ammo bu işlar qonun doirasida, şaffof va şoşmaşoşarliksiz amalga oşirilsa, qanday yaxşi bölardi-a... Şunda xalqning - abituriyentlarning noroziligini oldi olinarmidi. Albatta bularning barçasi IMHO.

Imkoni bölişi bilan bu mavzuga hali yana alohida qaytamiz.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek