Abituriyentlar uçun fanlar majmuasi hali eʼlon qilinmadi
Tepadagi fikrimga qöşimça:
Balki qarorni özgartirmasdan töğri qilişgandir, degan ehtimol ham yöq emas. Yaʼni balki fanlarga beriladigan ballar özgargandir, 90 ta savol bilan ham 226,8 ball töplaş mumkindir. Buning uçun avvalgi yillardagidek 1.1, 2.1 va 3.1 ball beriş tizimi özgarişi kerak.
Ana şundagina Vazirlar Mahkamasi qarori matnida haligaça turgan "68,0 ball" töğri böladi. Lekin agar fanlarga beriladigan ballar öşa-öşa öz miqdorida qolgan bölsa, unda qarorga özgartiriş kiritiş zaruriyati bor.
Ammo hozirça buning aniq javobini ayta olmaymiz, çunki ming afsuski, qabul jarayonlari boşlanganiga ança bölgan va test sinovlariga ozgina qolgan bölişiga qaramasdan, hali hanuz taʼlim yönalişiga mos fanlar majmuasi, yaʼni qaysi yönalişlarda qaysi fanga neça ball berilişi eʼlon qilingani yöq. Abituriyentlar kör-körona tayyorlanib yurişibdi. Hali özlari ham bilişmaydi, qaysi yönalişda qaysi fandan test bölişini. Zör-a?
DTM saytida ötgan yilgi fanlar majmuasi berilgan xolos. Çunki yangisi hali tasdiqlanmadi yoki eʼlon qilinmadi.
Nima deyişga ham hayronman. Işqilib, ötgan yilgi fanlar majmuasi özgarmagan bölsinda. Agar birorta yönalişda fanlar majmuasi özgargan bölsa, masalan tarixning örniga ingliz tiliga 3.1 ball beriladigan bölsa, unda bu abituriyentlarga nisbatan öta adolatsizlik böladi. Va bunday kutilmagan özgarişlar aksariyat hollarda korrupsiya tomon yetaklaydi.
Mayli, podadan oldin çang çiqarmay, kuzataylikçi, bir gap bölar. Işqilib, 1-avgustgaça eʼlon qilişga ulgurişsa böldi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

