Testda telefon va şpargalka işlatganlarni çetlatiş taklifi
Audio
0:00 / 7:02
❗️Özlari bilan telefon olib kirişga urinadiganlar ham test sinovlaridan çetlatiladi
Keçagi ovozli çatda telefon va şpargalka olib kirişga urinadigan abituriyentlar haqida ham gaplaşdik.
Şaxsan menga qolsa telefon yoki har qanday şpargalkalarni olib kirişga uringan abituriyentni öşa zahoti testdan çetlatiş, içkariga ham kiritmaslik kerak. Va mana şunday qinğir yöllar bilan qölga tuşganlarni 2 yilga test sinovlaridan çetlatişni yölga qöyişimiz kerak. Yaʼni u nafaqat öşa yili, balki keyingi yilda ham testga umuman kiritilmasin.
Hozir bunaqa narsalarga özbekçilik deb qaraymiz va keçiramiz. Mana şu keçirimlilik bizga juda qimmatga tuşyapti.
Rivojlangan davlatlarda şpargalka işlatiş şarmandalik hisoblanadi, bizda esa bu oddiy hol, şpargalka işlatmaganlar "lox" deb hisoblanadi.
DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov ham şuning tarafdori ekanligi va DTM bir neça bor qinğir yöllar bilan qölga tuşganlarni 3 yilga testdan çetlatiş taklifini berganini aytdi.
❓Sizning fikringiz qanday bu borada?
👉 @xushnudbek 👈

