Abituriyentlar uçun ovozli çat marafoni taşkil etiladi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Abituriyentlar uçun test sinovlaridan oldin ovozli çat marafoni
5-avgustdan yurtimiz böylab test sinovlariga start beriladi. 1 milliondan ortiq abituriyentlar va ularning yaqinlari uçun hayajonli damlar boşlanadi.
Jarayonlar butun millat kelajagi uçun muhimligini hisobga olib, abituriyentlarga motivatsiya va ruhiy dalda beriş, tajribali insonlardan qimmatli maslahatlar ulaşiş maqsadida 3-4-avgust kunlari kanalimiz orqali ovozli çat marafoni taşkil qilyapmiz.
Marafonda iştirok etuvçi spikerlar:
Şerzod Asadov – Prezident Administratsiyasi rahbarining örinbosari - Prezident Matbuot kotibi;
Abduqodir Toşqulov – oliy va örta maxsus taʼlimi vaziri;
Şerzod Şermatov – xalq taʼlimi vaziri;
Erkinjon Turdimov – Samarqand viloyati hokimi;
Alişer Saʼdullayev – Yoşlar işlari agentligi direktori.
Bugun - 3-avgust keçki payt Abduqodir Toşqulov hamda Alişer Saʼdullayev bilan, ertaga – 4-avgustda esa qolgan spikerlarimiz bilan suhbat qilamiz.
Vaqti haqida qöşimça maʼlum qilamiz. Bizni kuzatişda davom eting.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



