Super-kontrakt miqdorini belgilaşdagi noaniqliklar
Super-kontraktga oid yuzaga kelgan masala yuzasidan
Test natijalari çiqişni boşlagaç, abituriyentlardan tabaqalaştirilgan kontrakt (xalq tilida "super kontrakt") haqida savollar köpayadi. Joriy yilda ham super-kontrakt böladi va OTMlarda 1-oktabrga qadar arizalar qabul qilinadi. Hozirça super-kontrakt miqdorlari aniq emas, lekin tez kunlarda eʼlon qilinişi kutilmoqda.
Bölib ötgan test sinovlarida savollar soni qisqargani evaziga mutaxassislik fanlari uçun 3,15 ball berilişi belgilangan edi. Şu sababli super-kontrakt böyiça ham qiziq bir holat yuzaga keldi.
Gap şundaki, qonunçilikda oşirilgan tölov-kontrakt miqdori amalda örnatilgan tölov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanişi körsatilgan:
➖ töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt böyiça qabul kvotalari çegarasiga 1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun — 1,5 barobar;
➖ 1,1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun — 2,0 barobar;
➖ 2,1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun — 2,5 barobar;
➖ 3,1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun — 3,0 barobar.
Ammo joriy yil verguldan keyin 2 ta raqamli qoldiq bilan 3,15 ball berilgandan söng, ayrim abituriyentlarda kiriş baliga 1,05 yoki 2,05, ayrimlarida esa 3,05 ball yetmay qolganini kuzatiş mumkin.
❓Va şu örinda köpçilikda savol tuğildi: xöş, 1,05 ball yetmay qolgan abituriyent neça barobar super-kontrakt tölaydi? Axir Nizomda bu haqda aytilmaganku. 1,05 ball 1 ball sifatida yaxlitlanib, qabul qilinadimi yoki 1,1 ball sifatida?
Oçiği bu kabi savollarga qonunçilikda javob yöq. Ammo mendagi maʼlumotlarga köra, Davlat qabul komissiyasi uşbu masalani körib çiqmoqda va tez orada öz qarorini çiqaradi.
Şaxsan mening fikrimça, bunday vaziyatda .05 ballarni yaxlit son sifatida qabul qiliş kerak. Yaʼni 1,05 ball yetmaganlarni 1 ballik kategoriyaga, 2,05 ball yetmaganlarni 2 ballik kategoriyaga, 3,05 ball yetmaganlarni 3 ballik kategoriyaga tenglaştiriş kerak.
Çunki huquqşunoslikda umumiy prinsipial qoida bor — mabodo qonunçilikda nazarda tutilmagan böşliqlar, noaniqliklar va şubhalar bölsa, unda masala fuqarolar foydasiga hal qilinişi kerak.
Bu umumiy qoida deyarli barça huquq tarmoğida qöllanadi. Masalan, Soliq kodeksining 13-moddasida (soliq tölovçining haqligi prezumpsiyasi prinsipi) soliq töğrisidagi qonunçilik hujjatlaridagi barça bartaraf etib bölmaydigan qarama-qarşiliklar va noaniqliklar soliq tölovçining foydasiga talqin etiladi, deyilgan.
Şuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasida (aybsizlik prezumpsiyasi) qonun qöllanilayotganda kelib çiqadigan şubhalar gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi kerak, degan qoida belgilangan.
Xullas, hozirgi vaziyatda ham qonun hujjatlaridagi uşbu böşliq abituriyentlar foydasiga hal qilinişi hamda .05 ball yetmay qolganlar arzonroq darajadagi super-kontrakt tölaşi kerak, deb hisoblayman.
Albatta bularning barçasi IMHO. Aniğini Davlat qabul komissiyasi qaroridan söng bilib olamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4

