5 ta fandan test sinovlariga oid barça maʼlumotlar
Manba:Xushnudbek.uz
5ta fandan test sinovlariga oid hozirgaça maʼlum bölgan barça maʼlumotlar
👉 2021-yilda 5ta fandan test böladi. Aslida bu tartib 2020-yil bölişi kerak edi, ammo pandemiya sabab ortga surildi. Agar Xudo körsatmasin, kelasi yil ham öta katta fors-major holat bölmasa, unda 99,9% ehtimol bilan kelgusi yil 5ta fandan test böladi. Bu haqdagi qoida ança oldin Prezident qarorida belgilangan;
👉 Hozirça bizga maʼlum bölgan qoidalar quyidagilar:
Majburiy fanlar bloki (barça uçun tuşadi):
Ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Özbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan.
Jami töplaş mumkin bölgan ball – 94.5 ball.
Ona tili va Özbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagaça, matematikadan - 1,5 daqiqagaça vaqt ajratiladi.
👉 Taʼlim yönalişiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yönalişiga qarab özgaradi):
1-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan.
Jami töplaş mumkin bölgan ball – 186 ball.
Asosiy blokdagi 2 ta fan uçun jami 2 soat vaqt beriladi.
👉 ballarni hisoblaş tizimida özgariş bölmaydi, avval qanday bölsa, şundayligiça qoladi. Yaʼni har bir blokdan töplangan ballar qöşilib, umumiy ballni taşkil etadi va abituriyentlar mana şu 5 ta blokdan töplagan bali böyiça özaro kuraşadi (joriy yil 2ta blokning umumiy bali olindi). Eng maksimal ball 280,5 ball böladi;
👉 ayrim yönalişlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bölib qolişi mumkin. Masalan, matematika yönalişiga hujjat topşirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test işlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barçasi soddalaştirilgan, eng oson darajada böladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, örtaça, qiyin) böladi;
👉 5ta fandan test bölişga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Şu paytgaça bölgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;
👉 3ta majburiy fan magistratura uçun taalluqli emas;
👉 3+2 körinişdagi uşbu tartib bakalavriatning barça taʼlim şakllari (kunduzgi, sirtqi, keçki) uçun birdek qöllanadi;
👉 majburiy blokda ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tuşadigan 15ta savol içida Adabiyot fanidan test savollari bölmaydi;
👉 majburiy blokda Özbekiston tarixi fanidan tuşadigan 15ta savol içida Jahon tarixidan test savollari bölmaydi;
👉 majburiy blokda Matematika fanidan tuşadigan 15ta savol içida Geometriyaning faqat 5-6-sinf dasturlarida bor mavzularidan savollar böladi, 7-11-sinflar darsligidan savol bölmaydi. Batafsil.
👉 Mutaxassislik blokida esa Matematikadan tuşadigan 30 ta savol içida Geometriyaning barça sinflar uçun möljallangan mavzularidan savollar böladi;
👉 majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham Matematika fanidan tuşadigan savollar içida informatikadan test savollari bölmaydi;
👉 mutaxassislik blokdagi 2ta fan uçun joriy yilgi test sinovlarida qöllangan fanlar majmuasi olinişi kutilmoqda. Masalan, tibbiyot yönalişlari uçun biologiya va kimyo. Moliya-iqtisod yönalişlari uçun matematika va çet tili. Va h.k;
❌ kelgusi yilda qaysi yönalişda qaysi fanlardan test savollari bölişi hozirça rasman tasdiqlanmadi;
✅ test savollari tuşadigan darsliklar röyxati mana bu yerda eʼlon qilindi.
👉 @xushnudbek 👈


