Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Aeroportdagi mantiqsiz majburiyatnoma va byurokratiya

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

​Mantiqsiz qarorni öylab topiş oson, uni bekor qiliş qiyin

Jurnalist Aziza Qurbonova yaqinda öz kanalida xorijdan uçib kelayotgan yölovçilar töldirayotgan mantiqsiz majburiyatnoma haqida yozgan edi.

Kuni keça Qozoğistondan qaytganimda bizga ham şunaqa qoğozni töldirişga berişdi (rasmi pastda ilova qilindi).

Buni kim öylab topganini bilmadimu, lekin ğirt bemaʼnilikdan boşqa narsa emas.

Birinçidan, qoğoz koronavirusni tarqaşiga sababçi böluvçi eng katta vositalardan biri. Butun dunyo pandemiya şaroitida qoğozdan voz keçayotgan bir paytda, bizda qoğozga boşqoronğu bölgan byurokratlar butun samolyotga virus tarqaşiga sababçi böladigan işni qilişibdi.

Ikkinçidan, bu qoğozni töldiriş uçun ruçka kerak, lekin u hammada ham yöq. Noiloj bitta ruçkani hamma bir-biridan olib, töldiryapti. Virusni butun samolyotga osongina tarqatiş uçun yana bitta sabab.

Uçinçidan, bu qoğozga muhr (peçat) urdiriş kerak ekan. Samolyotdan tuşgan yuzlab insonlar bitta darçaga borib, peçat kutib turibdi. Şunaqangi töpolon va ziç navbatki, asti qöyaverasiz. Kimdadir virus bölsa, bemalol yuz kişiga yuqtirişi uçun yana bir nuqta.

Törtinçidan, bu mantiqsiz majburiyatnomadagi hamma maʼlumot şundoq ham bazada bor-ku. Kim qaysi reysda qayerdan uçib keldi, ularning pasport maʼlumoti qanaqa, yaşaş joyi, kerak bölsa telefon raqamigaça bor-ku, nima uçun uni yana qayta yozib beriş kerak, tuşunmadim.

Beşinçidan, majburiyatnomada xorijdan kelganlar 14 kun uyidan yoki mehmonxonadan çiqmasligi kerakligi aytilgan. Qayerda yozilgan bu qoida? Qaçon eʼlon qilingan? Haliyam kuçidami? Kim amal qilyapti? Şu qoidani öylab topganlarni özi ham amal qilmaydigan qoidani aytiş uçun şunça byurokratiya şartmi?

Xullas, bu majburiyatnomani öylab topgan va amalga kiritganlar virus odamlar orasida köproq tarqalişini xohlaşyaptimi, nima balo. Ayni bugun mamlakatda ommaviy tadbirlar bemalol ötkazilayotgan bir paytda bu kabi mantiqsizliklarga çek qöyiş kerak.

Yoki katta miqdorda qoğozga çop etib qöyişganu, endi toki öşa qoğoz tugamagunça yozdiraverasizlarmi?

Bu majburiyatnoma bizning jamiyatda juda köp uçraydigan holatga yaqqol misol böla oladi: mantiqsiz qarorlar osongina çiqariladi, lekin uni bekor qiliş uçun köpçilik uzoq kuraşişga töğri keladi. Doim şunaqa bölgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek