DTM abituriyentlar titul varaği bilan boğliq xatoga izoh berdi

Matn6-sentabr, 2020, 19:213 daqiqa0 koʻrish

​​Tugma nazariyasi

Bir xato keyingisini keltirib çiqarişi haqidagi jarayonlarni tugma nazariyasi deyişadi. Yaʼni birinçi tugma xato qadalsa, keyingilari ham xato bölib ketaveradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda boşqa familiyadagi abituriyentning titul varağiga boşqa abituriyent töldirgan holat keng muhokama qilindi.

Bugungi brifingda DTM raisi örinbosari Sardor Rajabov şu masalaga oydinlik kiritdi.

Mazkur holatda test nazoratçisi titul varaqlarini tarqatayotganda xatolikka yöl qöygan va boşqa abituriyentning titulini boşqasiga berib yuborgan. Abituriyentlarning özi ham buni tekşirib körmagan va javoblarini birovning titul varağiga töldirib topşirgan.

Natijada DTMdagi skanerlar boşqa abituriyentning javoblarini titulning haqiqiy egasiniki bilan soliştirib tekşirgan.

DTMning xabar berişiça, öşa nazoratçi test sinovlaridan çetlatilgan.

Bu qanday bölgan?

Titul varaqqa eʼtibor berib qarasangiz, kompyuterda yozilgan familiya - Abduazizov Xudoyberdi. Qölda yozilgan va imzo qöyilgan familiya esa - Abduvaliyev Javohir.

Bundan yaqqol körinib turibdiki, haqiqatdan boşqa abituriyent boşqa birovning titulini töldirib qöygan. Hayajondan bölsa kerak, bunga eʼtibor berişmagan. Nazoratçi xato qilganiga sabab ham ikkita familiya bir-biriga yaqinligi va öxşaşligi bölgan, menimça.

Xullas, uşbu ikki abituriyentning tituli adaşib ketgani uçun, bir-birining natijasi çalkaşib ketgan, birining javoblarini boşqasiga eʼlon qilişgan. Şunda 53 ball çiqqan.

‼️Natija eʼlon qilingandan keyin, abituriyentning özi bundan norozi bölib, javoblarning rasmini ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qildi. Test natijasi saytda çiqarilayotgan paytda abituriyentlarning titullari rasmi ham qöşib eʼlon qilinayotganining eng katta foydasi ham şunda. Ilgari tasavvur qiling, şunçaki 53 ball deb çiqsa, abituriyent özidan şubhalanardi, demak bilimim yomon ekanda, notöğri işlabman yoki notöğri böyabman, deb öylardi. Kamdan-kam holatda apellyatsiyaga borardi, minglab abituriyent taqdirga tan berib qöyaverardi. Hozir esa titul rasmi oçiq eʼlon qilinyapti, har qanday xatoni tezda aniqlaş va tuzatiş mumkin.

Xullas, rasm tarqalgaç DTM eskisini öçirdi va qaytadan tekşirdi. Natijada 138,2 ball çiqdi. Yaʼni ball avvalgidan baland çiqdi.

Ammo yana bir qiziq tomoni titulning haqiqiy egasi Abduazizov Xudoyberdi kimyo (3.2), biologiya (3.1) yönalişga topşirgan ekan (rasmga qarang). Birovning titulini adaşib töldirgan Abduvaliyev Javohir esa aksinça biologiya (3.2), kimyo (3.1) yönalişiga topşirgan.

Natijada keyingi safar qayta tekşirilgan payt skaner titulda yozilgan fanlar ketma-ketligida tekşirgan va ball yana xato çiqqan. Ammo abituriyent yana bir marta şikoyat qildi. Şundan keyin DTM fanlar ketma-ketligini tituldagidek emas, asliça tekşirib berdi. Natijada 138,2 emas, 139 ball çiqdi. Mana bu yerdan körişingiz mumkin.

Şunday qilib, boşidan nazoratçi tomonidan yöl qöyilgan xatolik oxir-oqibat töğrilandi. Bunda ijtimoiy tarmoqlarning ham yordami katta böldi, ularga ham rahmat.

Xulosa

‼️ Hurmatli abituriyentlar, iltimos, sizga tarqatilgan hujjatlarga, ayniqsa titul varağiga eʼtiborli böling. Diqqat bilan tekşiring, birovning tituli yoki savollar kitobini adaşib olib qöymang. Nazoratçi mingta bolaga hujjat tarqatadi, ular adaşişi mumkin, ammo siz bittasizku! Faqat özingiznikini tekşirasiz, öz taqdiringiz uçun masʼuliyatliroq böling, iltimos.

Avvallari abituriyentlar bitta partada yonma-yon ötiradigan zamonlarda ham juda köp marta mana şunaqa bir-birinikini almaştirib qöyişardi. Va ikkalasining ham 1 yili kuyardi. Joriy yilda adaştirib qöyilgan abituriyentlarning bali qayta hisoblanayotganining özi yaxşi yangilik.

Şaffoflik - bu şunaqa tizimki, unda xatolar butkul yöqolişi kafolatlanmaydi, yana va yana xatolar uçrab turişi mumkin. Ammo yopiq tizimdan asosiy farqi, şaffof tizimda jarayonni köpçilik kuzatadi, jamoatçilik nazorati kuçayadi. Natijada xatolarni aniqlaş va tuzatiş osonroq böladi.

Yuqoridagi keys bunga yaqqol misol böla oladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek