Dezinfeksiya tunnellarining zarari va behuda xarajatlar
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganYuqoridagi postni 7-iyulda eʼlon qilgan ekanman. Bugun 6-sentabr. Oradan 2 oy ötdi.
Bugun Soğliqni saqlaş vazirligi bu kabi dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarşi foyda bermasligini, aksinça u inson salomatligi uçun zararli ekanligini maʼlum qildi.
Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqovaning sözlari keltirilgan vazirlik xabarida aytilişiça, hozirda bunday notöğri profilaktika köz konyuktivasi va yuqori nafas aʼzolarining allergik şikastlanişiga sabab bölmoqda, insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki oğir kasallik hisoblanuvçi – bronxial astmaga olib kelişi mumkin.
Heçdan köra keç degan naql bor. Xöp, şu joyida şu maqolni qabul qilib qöyaveramiz, mayli.
Ammo ötgan vaqt mobaynida havoga sovurilgan va kimlarningdir çöntagini qappaytirgan milliardlab xalqning pullari uçun, behudaga sepilgan xlorlar natijasida soğliği maʼlum darajada yomonlaşgan insonlar uçun kim javob beradi? Katta pullar sarflab bölingaç, endi heç narsa bölmaganday oldingi qarorlar unutilib ketilaveradimi?
Va asosiy savol: endi dezinfeksiya tunellarini butun respublika böylab olib taşlaşga topşiriq beriladimi? Yoki hali yana TVda Hukumatning istalgan qarorining töğriligini isbotlab beriş qobiliyatiga ega bölgan "ekspertlar" çiqvolib, dezinfeksiya tunellarining foydasi haqida maʼruza öqiydimi?
Mutaxassis bölmagan oddiy jamoatçilik körib, bilib turgan narsalarni tepada şu işga masʼul bölganlar tuşunmasligi yoki keç anglab yetişi doim odamni hayratlantiradi, men sizga aytsam...
👉 @xushnudbek 👈