DTM xato savollar uchun ball berilishiga izoh berdi

Matn6-sentabr, 2020, 13:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Javobi böyalmagan yoki barça katak böyalgan savolga nima uçun ball berilgan?
#abituriyent

DTM uşbu masalada quyidagiça izoh berdi:

«Böyalmagan yoki barça muqobil javob doiraçalari böyalgan bölsa-da, ball berilgan holatda heç qanday qonun buzilişi aniqlanmadi. Bunda abituriyent tomonidan rasmda körinib turgan savollarga nisbatan eʼtiroz bildirilgan va unga mos doiraça böyalmasdan qoldirilgan. Eʼtirozni örganiş natijasida abituriyentning eʼtirozi asosli topilib, unga ball berilgan. Taʼkidlaş kerakki, şundan söng eʼtirozli deb topilgan şu savol qaysi test topşiriqlari kitoblarida tuşgan bölsa, barçasiga ball berilgan. Tegişli doiraça böyalmagan yoki öşa savolning barça doiraçalari böyalgan bölsa ham», - deyiladi DTM bayonotida.

Bu nima degani?

Soddaroq tilda tuşuntiradigan bölsam, DTMning savollar kitobidagi öşa savolda nuqson bölgan. Misol uçun, savol berilganu, lekin texnik xatolik sabab javoblar çop etilmay qolgan bölişi mumkin. Yoki savolning yarmi boru, yarmi yöq, yoxud savol boşqa, unga berilgan variantlar umuman boşqa.

Xullas, savollar mana şunaqa texnik xatolik bilan çop etilgan bölsa, qaysidir abituriyent şikoyat qilgan. Nazoratçilar tekşirib körib, haqiqatdan savol-javobda texnik xatolik borligi haqida dalolatnoma tuzişgan.

Keyinçalik DTM ham qayta tekşirib, haqiqatdan texnik xatoligi bölgani uçun öşa savolga ball bergan. Bu ijtimoiy adolat jihatdan töğri qaror, sababi DTM xatosi uçun abituriyent javob bermasligi kerak.

Va eng qiziği xuddi öşa savol qaysi abituriyentlarga tuşgan bölsa, öşalarning barçasiga ball berilgan. Hammasini böyagan bölsa ham, oçiq qoldirgan bölsa ham, qaysidir bitta variantni belgilagan bölsa ham, farqi yöq, öşa xato savolga hammaga ball berilgan.

‼️Hurmatli abituriyentlar. Javobni böş qoldirsa yoki hamma variantni belgisala ball berilar ekan, degan maslahatlarga işonib yurmang. Bunaqa emasligini internetda tarqagan rasmlardan ham körsa böladi. 60 ta böş qoldirilgan katakdan faqat bittasiga, texnik nuqsoni bor savolgagina ball berilgan. Şuning uçun bunaqa qinğir usullarga emas, öz bilimingizga işoning.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek