DTM test savollari tarqalişiga munosabat bildirdi
Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ayrim eʼtirozlarga munosabat bildirdi:
#abituriyent
1. Ijtimoiy tarmoqlarda rasmlari eʼlon qilingan test topşiriqlari kitoblari.
2-sentabr va 3-sentabr kunlari ötkazilgan test sinovi jarayonlarida test topşiriqlarining rasmga olinganligi va internet naşrlarida eʼlon qilinganlik holatlari böyiça tekşiruv ötkazildi. Tekşiruv davomida rasmi körsatilgan test topşiriqlari kitoblari joriy öquv yiliga tegişli ekanligi va uşbu savollar kitoblari kompyuter taqsimotiga köra, 2-sentabr kuni Farğona viloyati, 4-sektor (Marğilon şahri)da 1-smenada test topşirişi belgilangan 159-guruhga hamda 3-sentabr kuni Andijon viloyati, 6-sektor, 1-smenada test topşiriliş belgilangan 125-guruh va şu kuni Xorazm viloyati, 1-sektor, 1-smenada test topşiriliş belgilangan 26-guruhga yuborilganligi maʼlum böldi.
Şuningdek, tezkor harakat asosida holatni amalga oşirgan abituriyentlarning barçasi aniqlangan va ularning uç nafari jarayon davomida, bir nafari jarayondan keyin çetlatilgan.


