Maşinalarni dezinfeksiya qilişning foydasi va xarajatlari

Matn7-iyul, 2020, 14:132 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Nimaga yoki kimga foyda?

Har kuni Toşkent şahriga kiriş uçun postdan ötaman. Toşkentga kiraverişda yölning bir tomoniga maşinalarni dezinfeksiyalovçi uskuna örnatilgan. Bu böyiça ançadan buyon menda savollar yiğilib qolgan.

a) nega faqat Toşkentga kirayotgan maşinalar dezinfeksiya qilinmoqda, ammo Toşkentdan çiqişda qilinmayapti? Vaholanki Toşkent atrofidagi tumanlarga qaraganda poytaxtning özida aholi orasida koronavirusga çalinganlar, undan vafot etganlar soni aaança köp. Şu sababli mantiqan öylaganda aslida Toşkentdan virus taşuvçilar köproq çetga çiqişi mumkin.

b) nega dezinfeksiya sepuvçi uskuna goh işlayotgan, goh işlamayotgan böladi? Bu şunçaki nomiga, közböyamaçilik uçun qilinayotganidan darak emasmi?

s) va eng asosiy savol: bu işning foydasi bormi özi? Maşinaning ustiga dezinfeksiya vositasini sepiş virus tarqalmasligini qanday qilib töxtatadi? Axir virusning asosiy taşuvçisi maşina içidagi insonlarku!

Yaʼni gap faqat Toşkent atrofidagi postlarda emas, butun Özbekiston böylab örnatilgan mana şunday dezinfeksiya qurilmalari va köçalarga betinim sepilayotgan vositalar haqida gap ketyapti.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va xorijdagi köplab ilmiy tadqiqot markazlari köçalarni, maşinalarni, va hattoki odamlarni taşqi tomondan dezinfeksiya qiliş, turli dezinfeksiya yölaklarini örnatiş virusga qarşi heç bir samara bermasligi haqida köp bora ilmiy asoslangan xulosalarini berişdi.

Unda nima uçun bizda bu haligaça davom etmoqda? Kimning xulosasi bilan?

Agarda bunaqa dezinfeksiyadan foyda bölsa, unda biror ilmiy asosni jamoatçilikka eʼlon qilişsin, köraylik, bilaylik.

Notöğriligi bir neçta asoslar bilan isbotlangan işlarning davom etaverişiga odatda 2ta sabab böladi:

1) yoki şunga topşiriq berayotganlarning buning notöğri ekanligini tuşunişga bilimi, salohiyati yetmaydi;

2) yoki notöğriligini bilib tursa ham, turli manfaatlar tufayli davom ettiraveradi.

Endi boşqa bir faktga eʼtiboringizni qaratmoqçimiz.

Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi mansabdor şaxslari «F.B», «A.T» va «H.S» MÇJlar bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq, 275,9 mln söm bölgan «gipoxlorid kalsiy» dezinfeksiyalovçi vositalarni 524,8 mln sömga, yaʼni örtaça bozor narxidan 248,9 mln sömga qimmat narxlarda sotib olişib, juda köp miqdordagi budjet mablağlarini talon-toroj qilganliklari aniqlanibdi.

Aha! Kalavaning uçi şu yerda emasmikin? Demak, ilmiy asoslanmagan, lekin millardlab mablağ talab etiladigan, köp hollarda xöjakörsinga qilinayotgan ayrim işlar ortidan kimlardir yuz millionlab foyda olayotgan bölişi mumkinmi?

Hali bittagina viloyatda aniqlangan bittagina holat. Şu birgina holatda viloyatdagi mansabdorlar 250 mln söm foyda qilmoqçi bölibdi. Endi butun respublikani köz oldingizga keltiravering.

Va eng alam qiladigani, bu talon-torojliklarning barçasi ertaga xalqning, yaʼni Sizu bizning çöntagimizdan qoplanadi. Bunisi yomon.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek