Tijorat banklari transformatsiyasi böyiça yiğiliş ötkazildi
Şavkat Mirziyoyev bugun tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallaştiriş böyiça yiğiliş ötkazdi.
Unda sanoqlilardan taşqari boşqa banklarni transformatsiya qiliş işlari yetarli darajada faol olib borilmayotgani tanqid qilindi.
Buni bartaraf etiş uçun banklar faoliyatiga xos bölmagan funksiyalarni xatlovdan ötkaziş, Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlaş korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uçun banklar transformatsiyasini tuşuntiriş böyiça öquv dasturlarini taşkil etiş topşirildi.
Banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oşiriş masalasi muhokama qilindi. Stress-testlar natijalariga köra, muammoli kreditlar uluşi bir neça barobar köpayişi mumkinligi, bu esa bank tizimi uçun jiddiy xatar ekani qayd etildi.
Şu sababli muammoli kreditlarni hududlar kesimida tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qoliş böyiça taʼsirçan mexanizm işlab çiqiş körsatmasi berildi.
Şuningdek, yiğilişda bank tizimida korrupsiyaga barham beriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
👉 @xushnudbek 👈

