Bank tizimining barqaror işlaşi böyiça yiğiliş ötkazildi
Şavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni koronavirus pandemiyasi şaroitida bank tizimining barqaror işlaşini hamda iqtisodiyotga moliyaviy kömakçi bölişini taʼminlaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Maʼlumki, ötgan haftada 24 ta bank taşabbus körsatib, jismoniy şaxslar uçun kredit taʼtili eʼlon qildi. Bugungi yiğiliş çoğida banklar şu kabi oddiy, lekin aholida işonç va hurmat uyğotadigan yana köplab taşabbuslar bilan çiqişi maqsadga muvofiqligi aytib ötildi.
Masalan, muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilib, bu haqda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsa, karantin vaqtida uyida ötirgan aholiga qulaylik yaratiladi.
Karantin tugagaç köplab korxonalarga öz faoliyatini tiklaş uçun ança vaqt va mablağ kerak böladi. Şu bois Markaziy bankka işlab çiqariş korxonalari faoliyati töxtab qolmasligi uçun banklar orqali 30 trillion söm aylanma mablağlar ajratilişini taʼminlaş topşirildi.
❗️Zarur hollarda, korxonalarga iş haqi tölaş uçun ham kreditlar ajratilişini yölga qöyiş lozimligi taʼkidlandi.

