Vaqtinça daromadsiz qolganlarni qöllab-quvvatlaş zarurati
Manba:davletovuz
Vaqtinça daromadsiz qolganlar haqida
8-aprel holatiga köra, Qozoğistonda favqulodda holat rejimi tufayli vaqtinça işsiz qolgan 1 mln 688 ming kişi ijtimoiy yordam sörab murojaat qilgan. Bu mamlakatdagi mehnatga layoqatli fuqarolarning 19,1 foizi demakdir. Agar iş beruvçi qonunga itoatkor bölib, hamma soliq va ijtimoiy tölovlarni tölab kelgan bölsa, vaqtinça işini yöqotgan kişi 100 dollar atrofida moddiy yordam oladi.
Amerikada bugun navbatdagi statistika raqamlari eʼlon qilinişi kerak, şu kungaça 10 mlnga yaqin kişi işsizlik nafaqasi sörab murojaat qilgan. Bugun statistikani ekspertlar 3-6 mln atrofida böladi, deb prognoz qilişmoqda.
Rossiyada esa pandemiya ortidan vaqtinça işini yöqotganlarga uç oy davomida 12 ming rubl atrofida kompensatsiya tölaydi. Hozirça qança odam bunday yordam sörab murojaat qildi, aniq statistika yöq. Rossiya ijtimoiy yordamni fuqaroning oldingi daromadlarini inobatga olmasdan berişni rejalaştirmoqda.
Özbekistonda ham qança odam vaqtinça işini yöqotdi, hozirça aniq bir narsa deyiş qiyin. Lekin kanalimiz orqali 7-aprel kuni ötkazilgan ijtimoiy sörov bu masalaga biroz oydinlik kiritadi. Sörovda 150 ming nafar kişi öz işi bilan boğliq vaziyatga munosabat bildirgan. Jumladan, 35 ming nafarga yaqin respondent masofadan turib, 43,5 ming kişi esa işga qatnab işlamoqda. 14,6 ming kişi haq tölanadigan mehnat taʼtiliga çiqarilgan.
Sörovda qatnaşganlarning 15 ming nafari öz hisobidan mehnat taʼtiliga çiqarilgan, 41,6 ming nafari esa korxona faoliyatini vaqtinça töxtatgani sababli işsiz qolmoqda. Ikkalasini qöşib hisoblaydigan bölsak, daromadsiz qolganlar soni 56,6 ming kişini taşkil qilayapti. Bu mehnatga layoqatli respondentlarning 39 foizi degani.
Gazeta.uz sayti telegram kanalida 5-aprel kuni joylaştirilgan sörovnoma (140 ming respondent) natijalariga köra, ularning 43 foizi, aniqroği 60,5 ming nafarida daromadlari kamaygan, 29 foizida, yaʼni 40,5 ming nafari butunlay daromadidan ayrilgan.
Naşr tomonidan ötkazilgan yana bir sörovnomada esa 335 ming respondent iştirok etgan. Ularning 28 foizi — 93 ming nafari jamğarmasi bor-yöği 1-2 haftaga yetişini bildirgan. Qariyb 55 ming nafari (16%) ikki haftadan bir oygaça, 35 ming nafari (10%) esa 1-2 oygaça yetişini bildirgan.
Bularning barçasi nafaqat kam taʼminlanganlarni, balki vaqtinça işini va daromadini yöqotganlarni ham manzilli qöllab-quvvatlaş zaruratini kun tartibiga çiqaradi. Bu lekin makaron, kartoşka va yoğ beriş bilan emas, balki pul körinişida amalga oşirilişi zarur. Davlat bu işni qanday qiladi, bir narsa deyiş qiyin. Bu işni, balki iş beruvçilar talabnomasi asosida oylik uçun keyinçalik qaytariş şarti bilan foizsiz va taʼminotsiz kreditlar ajratiş yoki işsiz va daromadsiz qolganlarni töğridan-töğri işsizlik nafaqasi tölaş orqali (eng kam iş haqi — 679 330 söm miqdorida, masalan) amalga oşirişi kerak bölar.
Albatta, davlat hammaga yordam bera olmaydi, lekin oltin oraliqni topib, vaziyat önglangunça qiyin ahvolga tuşib qolgan odamlarimizga yordam qölini çöziş yaxşi iş bölgan bölar edi.
P.S.: Sörov natijalari mutlaq haqiqatga daʼvo qilmaydi, lekin reprezentativligi aniq. Nazarimizda, ularning xatolik darajasi (pogreşnost) 3-5 foiz atrofida. Albatta, bularning barçasi IMHO.
P.S.S.: Hukumatga kimga qanday yordam berişi haqida turli variantlar ilgari surilgan edi.


