Davlat imtiyozli kredit siyosatini qayta körib çiqadi
Yaxşi xabar
@davletovuz'ning yozişiça, davlat imtiyozli kredit siyosatini qayta körib çiqişni rejalaştirmoqda. Aytişlariça, 2020-yilning 1-yanvaridan boşlab barça ijtimoiy dasturlar doirasida ajratiladigan kreditlarning foiz stavkasini Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasi darajasida belgilaş, 2021-yilning 1-yanvaridan boşlab esa tijorat banklari tomonidan imtiyozli foiz stavkalarida kredit ajratiş amaliyotini töxtatiş, foiz stavkalari darajasini talab va taklifdan kelib çiqqan xolda ular tomonidan mustaqil belgilaş közda tutilmoqda.
Xalqaro moliya taşkilotlari ançadan buyon Özbekistonga aynan imtiyozli kreditlarni kamaytiriş taklifini berib kelişadi. Mahalliy ekspert va blogerlar ham bu haqda köp yozişgan. Birgina «Har bir oila tadbirkor» loyihasi doirasida maqsadsiz sarflangan, xalqdan qaytarilmayotgan va qaytarişning ham imkoni yöq bölgan kreditlarning özi alohida katta mavzu.
👉 @xushnudbek 👈

