Göşt narxi oşişi va imtiyozli kreditlar talqini
Ijtimoiy tarmoqlarda "göşt narxi oşişiga köp kredit olayotganimiz sabab bölayotgan ekan, yana xalq aybdormi?" degan postlar tarqalyapti.
Bu juda notöğri talqin.
Aslida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov xalq köp kredit olayotganini emas, orqa-oldiga qaramasdan, bozor qonunlarini hisobga olmasdan tarqatilayotgan imtiyozli kredit siyosatini tanqid qilgan. Odamlarni emas, mavjud tizimni sababçi qilib körsatgan.
Iltimos, xaypga uçmang.
Bu haqda avval ham köp gapirilgan. «Har bir oila tadbirkor» loyihasi doirasida hatto köp qavatli uyda yaşaydiganlarga ham tovuq, qöy, mol olasan deb majburlab kredit berişgani, bank xodimlarining maqsadsiz va ertaga qaytişi dargumon bölgan kreditni beriş uçun uyma-uy odamlarga yalinib yurgani, kreditlarni tarqatişda milliardlab pullar talon-toroj bölgani (1, 2, 3) ortidan bozordagi narxlar sunʼiy oşişi prognoz qilingandi.
Hukumat ertami-keçmi buni notöğriligini tuşungani yaxşi albatta, lekin essiz şunça havoga sovurilgan pullar...
👉 @xushnudbek 👈
