AQŞ Oliy sudi sudyasi Rut Ginzburg 87 yoşida vafot etdi

Matn19-sentabr, 2020, 21:422 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Keça Amerika sud tizimining tayançlaridan biri, Oliy sudning liberal ovozi, afsonaviy sudya Rut Ginzburg 87 yoşida vafot etdi. Behzod Hoşimov aytganidek, uning vafoti haqiqatan ham 2020-yilning eng muhim voqealaridan biri, noyabrda bölib ötadigan saylovlarning boş mavzusiga aylan(a)di.

27 yil davomida Oliy sud, yaʼni Konstitutsiyaviy sud sudyasi bölgan Ginzburg Amerikada inson huquqlari, jumladan, ayollar huquqlari borasida mislsiz kuraşçi bölgan, Oliy sudda şakllangan liberal sudyalar yetakçisi edi. U nafaqat sud pretsedentlarini yaratişda, balki AQŞ ijtimoiy-siyosiy hayotida ham hurmatga, taʼsirçan ovozga ega yurist edi.

Rut Ginzburg oxirgi yillar oğir xasta edi. Ammo AQŞda Oliy sud sudyaligiga nomzodlar prezident tomonidan körsatiladi hamda senat tomonidan tasdiqlanadi. Hozirgi kunda prezident respublikaçilardan ekanligi, boz ustiga Donald Tramp ekanligi, qolaversa, senat ham respublikaçilar tomonidan nazorat qilinayotgani bois ham u isteʼfoga çiqmayotgan edi. Yöqsa, uning örniga trampsifat sudya kelişi aniq edi. Hali ham şu xavf turibdi.

Donald Tramp şundoq ham Oliy sudning ikki nafar sudyasini tayinlaşga ulgurdi. Oqibatda 9 nafar sudyaning 5 nafari konservator, 4 nafari liberal qaraşdagi sudyalardan iborat bölib qolgan edi. Agar Ginzburgning böşagan örniga ham Tramp va respublikaçilar yangi sudyani tayinlaydigan bölsa, bu, birinçidan, Donald Trampga Riçard Niksondan keyin Oliy sudning 3 nafar sudyasini tayinlaş imkonini bersa, ikkinçidan, Oliy sudda konservator qaraşlarning 6—3 şaklda mutlaq ğalabasi yuzaga keladi. Bu, ayniqsa, davlat hokimiyatçiligining dolzarb masalalarida özaro tiyib turiş prinsipini ança zaiflaştiradi. Trampdan keyin qoladigan buzuq tizimni esa tiklaş ança qiyin böladi.

Şu sababli ham sudyaning jasadi yerga qöyilmasdan, uning örnini kim va qanday egallaşi siyosatçilar va ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusiga aylangan. Demokratlar fikriça, noyabr oyida bölib ötadigan saylovda ğalaba qozongan prezident yangi sudya nomzodini körsatişi kerak. Respublikaçilar xuddi şunday argument bilan 2016-yilda Barak Obamaning nomzodini ötkazişmagan edi. Öşa paytda jon-jahdi bilan uşbu pozitsiyada turgan respublikaçi senatorlarning fikri bugun mutlaqo teskari. Respublikaçilarning senatdagi yetakçisining aytişiça, Tramp körsatgan nomzodni tasdiqlaşga senat darhol kirişadi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek