Jo Bayden AQŞ prezidentligi saylovida ğalabaga yaqin
Jo Bayden ğalabaga juda yaqin.
Hozirça natijalari aniq bölmagan 4 ta ştat qoldi. Bayden yoki Jorjiya (16 ovoz), yoki Nevada (6 ovoz) ştatida ğalaba qozonsa böldi.
Jorjiya ştatida 99% ovoz hisoblandi, unda Tramp oldinda bormoqda. Ammo Bayden katta farq (20 mingdan ortiq) bilan orqada qolayotgan joyida deyarli Trampga yetib oldi, hozir oradagi farq atigi 2 ming ovoz.
Nevada ştatida esa 84% ovozlar sanab bölindi. Unda Bayden 12 ming farq bilan oldinda bormoqda.
Saylovda ğalaba qozoniş uçun 270 ta vakillik ovozini töplaş kerak.
Agar Bayden Nevada va Jorjiyada ğalaba qozonsa, unda Tramp ğalabani tan olişdan boşqa iloji qolmaydi. Çunki hisob 286 ga 252 böladi.
Agar Bayden faqat Nevadada yutsayu, qolganida yutqazsa, ovozlar soni 270 ga 268 böladi. Ana unda, Tramp aniq janjal qiladi, iş sudgaça borişi mumkin. Bular şunçaki taxmin.
Yakuniy javoblar Toşkent vaqti bilan bugun keçki payt eʼlon qilinsa kerak.
👉 @xushnudbek 👈



