Donald Trampning Özbekiston Prezidentiga murojaati
Prezident Donald Tramp Özbekiston Prezidentining AQŞga rasmiy taşrifi munosabati bilan ötkazilgan qabul marosimi iştirokçilariga murojaat yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.
Quyida murojaat matni havola qilinmoqda:
Bugungi oqşomda Prezident Şavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva mezbonlik qilayotgan qabul marosimida iştirok etayotganlarga öz salomlarimni yöllayman.
Amerika xalqi nomidan Prezident Mirziyoyevga uning Oq uyga amalga oşirgan tarixiy taşrifi uçun minnatdorlik bildiraman. Markaziy Osiyoda murakkab masalalar va hamkorlik böyiça yangi imkoniyatlar paydo bölayotgan bir paytda muloqotimiz strategik şerikligimizni yangilaşga yordam berdi. Men Amerikaning mintaqadagi taʼminot yöllarini qöllab-quvvatlaş uçun Prezident Mirziyoyev tomonidan amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar va Afğoniston bilan aloqalarni yaxşilaşga qaratilgan iqtisodiy loyihalarni sarmoyalaşga bölgan safarbarligi uçun u rahbarlik qilayotgan mamlakatga hurmatimni izhor qilaman.
Prezident Mirziyoyev meni işontirib taʼkidladiki, Özbekistonda katta maqsadlarni közlovçi islohotlar dasturi bardavom va muqarrardir. Men amnikanki, Prezidentning inson huquqlarini himoya qilişga qaratayotgan eʼtibori uning xalqi hayotini yanada ulkan farovonlik va barqarorlikka yetaklaydi. Birgalikda biz Özbekistonda hisobdorlik va şaffoflik masalalarini yanada yaxşilay olamiz. Bu esa Amerika kompaniyalarining faoliyati uçun zamin hozirlab, mamlakatlarimizdagi bandlikni oşirişga yordam beradi.
Melaniya va men Prezident Mirziyoyev va Birinçi xonim Ziroat Mirziyoyevaga Amerika Qöşma Ştatlariga qilgan unutilmas taşriflari uçun çin dildan minnatdorçilik bildiramiz. Bilaman, bu yangilangan hamkorligimiz va bizning ikki mamlakat oldidagi yanada yorqin kelajakning boşlanişi xolos.
Donald Tramp, AQŞ Prezidenti.
2018-yil 16-may.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 5
