Öqituvçilar iş haqi 1,5 baravar oşirilişi kutilmoqda
Aytişlariça, xalq taʼlimi muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlari mehnatiga haq tölaş tizimini takomillaştirişga oid hujjat qabul qilinişi kutilmoqda.
Unga köra, soha xodimlarining iş haqi miqdori örtaça 1 yarim baravar oşirilişi mumkin.
Şuningdek, umumtaʼlim muassasalari öqituvçilariga qöşimça haq tölovlari eng kam oylik iş haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda belgilanişi mumkin:
a) sinfdagi öquvçilar soniga köra sinf rahbarligi uçun:
15 nafar öquvçigaça — 100 foiz;
16 nafardan 20 nafar öquvçigaça — 120 foiz;
21 nafardan 25 nafar öquvçigaça — 130 foiz;
26 nafardan 29 nafar öquvçigaça — 140 foiz;
30 nafar va undan köp öquvçi bölganda — 150 foiz;
b) daftarlarni va yozma işlarni tekşirganlik uçun — 100 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) öquvçilar soni 15 nafargaça bölgan kam komplektli maktablarda esa — 50 foiz;
v) informatika kabineti mudirligi uçun — 100 foiz.
Hozirda uşbu işlar uçun örtaça 2 baravar kamroq tölanadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 4

