Öqituvçilar oyligi qançaga oşgani maʼlum qilindi

Matn14-avgust, 2018, 16:421 daqiqa0 koʻrish

Yana öşa öqituvçilar oyligi mavzusi. Ijtimoiy tarmoqlarda kimlardir 2 barobar oşdi deb, vahima qilişmoqda, yana kimlardir esa faqat 10 foiz oşibdiku, deya yomonlaşga tuşib ketdi.

Matnni oxirigaça öqing, iltimos. Boş vazir örinbosari axborotida odamlar barobarlardan çalğib ketmasin, degan maqsadda aniq foizlar bilan ham maʼlumot berildi. Şunda ham baribir savol berguvçilar köp topilmoqda.

Mani bu yerda aniq yozib qöyilgan:

Natijada, ustamalar, sinf rahbarligi va daftar tekşirganlik uçun tölanadigan tölovlarni hisobga olgan holda:

- boşlanğiç sinf öqituvçilarining bazaviy tarif stavkalari toifalar böyiça örtaça hisobda 24 foizdan 39 foizgaça;

- yuqori sinf fan öqituvçilarining bazaviy tarif stavkasi 37 foizdan 49 foizgaça;

- maktab direktori va ularning örinbosarlariniki örtaça 27 foizga;

- axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonaçilarniki örtaça 26 foizga oşirildi.

Qölga kim qança olişini esa, biroz sabr qilsangiz, bilişingiz mumkin böladi, hurmatli ustozlar. Hozir hisoblaş imkonsiz buni, vaziyatga qarab hammada turliça böladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek