Super-kontrakt tizimidagi muammo va çalkaşliklar

Matn13-avgust, 2018, 21:153 daqiqa0 koʻrish

​​Super-kontrakt haqida yana 2 oğiz

1️⃣ Ayrimlar haliyam super-kontraktga kiriş uçun 68 ball oliş kerakmi yoki 56,7 ball, deb söraşmoqda. Örtoqlar, bu masalada ortiqça muhokamaga örin yöq. 56,7 ball yetarli. 68 ballni unuting.

2️⃣ Super-kontrakt maxsus sirtqi, sirtqi va keçki taʼlim uçun ham amal qiladimi, degan savolga aniqlik kiritib ketiş ham kerak. Köpçilik sörayapti.

3️⃣ Bundan taşqari ötgan yili xorijdan öqişini köçirayotgan (perevod) talabalar maxsus imtihonlardan yetarli ball ololmasa, ularga ham super-kontrakt asosida öqiş taklif qilingan va ayrimlari öqigandi ham. Şuning ham huquqiy asosini körsatib ketib kerak. Qayerda yozilgan "perevod" qilayotganlar ham super-kontraktda öqişi mumkin, deb. Bu yil ham şu tartib amalga oşadimi?

4️⃣ Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda super-kontraktga ariza beriş muddatlarida çalkaşlik bor. Bitta joyda test natijalari çiqqandan 1 oy içida deyilgan, sxemada esa 1-10-oktabr kunlari deyilgan. Şunga aniqlik kiritiş kerak.

5️⃣ ❗️Asosiy savol. Nima uçun super-kontrakt javoblari 1-noyabr kuni eʼlon qilinadi? Özi super-kontraktga kirayotganlar yetarli ball töplay olmaganlar bölsa, tağin ular semestrni yarmidan osmondan tuşganday öqişga borişadi. Keyinçalik ular qoldirilgan 2 oylik darslarni qanaqa qilib özlaştiradi, bu haqida öylab köriş kerak.

Natijada korrupsiya sari yana bir qadam taşlanadi: şundoq ham puli köp, yuz millionlarni tölab qöyganlar, 2 oylik "otrabotka"larini sessiya payti qanday yopişini tasavvur qilavering. Yoki Siz 200 million tölagan talabani 1-semestrdayoq talabalar safidan çetlatişadi, deb öylayapsizmi? Sira işongim kelmaydida bunga.

Nahotki şuni sentabrgaça hal qiliş imkonsiz bölsa? Kimdir hozir öqimoqçimi, marhamat, pulini tölasinu, 2-sentabr kunidan hamma qatori darsga kirib borsin. Uning boyvoççaligi, yuz millionlab pul tölaganini birov bilsin, birov bilmay qolsin. Yöqsa, noyabr oyidan darsga kirib kelgan ösmir yoşlar burnini baland kötarib, gerdayib kelişadi: "Kördingmi, senlar öqib kirgansanlar, men pulimni tölab kirdim", degandek. Şunga yöl qöymaslik uçun ular ham sentabrdan darsga kelişi kerak.

Tuşunaman, sentabrning 15-sanasigaça oddiy kontrakt tölay olmaganlarning hisobi super-kontrakt kvotasiga taʼsir qiladi, lekin bitta şu sabab ularni noyabrdan öqişga borişiga jiddiy asos böla olmaydi, menimça.

Fikru ojizimça, noyabrgaça kutmaslik kerak, baribir.

6️⃣ Yuqoridagi masalaning mantiqiy davomi sifatida aytiş kerakki, super-kontraktning kvotalarini ham oldindan eʼlon qiliş kerak. Qaysi OTM, qaysi yönalişga neçta super-kontrakt olişni xalqqa eʼlon qilsa, hozirgidek sarosima va tuşunmovçilik bölmaydi. Çunki ayrimlarni körib turibman, pul kötarib, yugurib yurişibdi, "farzandimni super-kontraktda öqitaman" deb. Tovba qildim, odamlarga bir narsa bölgan özi. Şunça gapdan, şunça qattiq siyosatdan keyin ham pora berişni bunça yoqtirişmasa-a? Özi 200 million tölapyasiz, yana şuni ham pul bilan gaplaşişga balo bormi, deydigan odam yöq.

Bunga turtki bölgan sabab super-kontrakt tartibining mavhumligi. Boz ustiga hozir ariza yozamiz deb borişsa, ayrim OTMlar keyin kelasizlar deb qaytarib yuboryapti ekan. Bunaqa bölgandan keyin köpçilik "gaplaşiş kerak şekilli" deb öylab qoladida. Öşançun şaffoflik kerak, oçiqlik lozim.

Xullas, şunaqa gaplar. Bularning barçasi albatta IMXO.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing