Öqituvçilarning oyligi oşirildi

Matn14-avgust, 2018, 10:471 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öqituvçilarning oyligi oşirildi

Prezident Ş.Mirziyoyev 13-avgust kuni “Yoşlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga taʼlim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqida Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov xabar bermoqda.

Qarorga köra, umumiy örta taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2018-yil 1-sentabrdan boşlanğiç sinf öqituvçilari uçun 1,1 baravarga, yuqori sinf öqituvçilari uçun örtaça 1,24 baravargaça, direktor, uning örinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonaçilari uçun 1,1 baravarga oşirildi.

2019-yil 1-yanvardan oliy toifali öqituvçilar uçun 1,25 baravarga, birinçi toifali öqituvçilar uçun 1,2 baravarga, ikkinçi toifali öqituvçilar uçun 1,15 baravarga, mutaxassis öqituvçilar uçun 1,1 baravarga, direktor, uning örinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonaçilari uçun 1,1 baravarga oşirildi.

Natijada, ustamalar, sinf rahbarligi va daftar tekşirganlik uçun tölanadigan tölovlarni hisobga olgan holda:

- boşlanğiç sinf öqituvçilarining bazaviy tarif stavkalari toifalar böyiça örtaça hisobda 24 foizdan 39 foizgaça;

- yuqori sinf fan öqituvçilarining bazaviy tarif stavkasi 37 foizdan 49 foizgaça;

- maktab direktori va ularning örinbosarlariniki örtaça 27 foizga;

- axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonaçilarniki örtaça 26 foizga oşirildi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek