Oyliklar oşişi litsey va kollej öqituvçilariga tegişlimi
Eng köp berilayotgan savollardan biri:
Oyliklar oşişi haqidagi Prezident qarori akademik litsey va kollej öqituvçilariga ham taalluqlimi yoki faqat maktab öqituvçilarigami?
JAVOB: 2018-yil 14-avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoşlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga taʼlim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, umumiy örta taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari, yaʼni oyliklari oşirildi.
Qaror matnida aynan «umumiy örta taʼlim muassasalari» haqida gap ketgan, örta maxsus taʼlim muassasalarining öqituvçilari esa nazarda tutilmagan. Boşqaça aytganda, oyliklar oşirilişi faqat maktab öqituvçilari uçun amal qiladi.
Qarorning akademik litsey va kollejlarga taalluqli qismi faqat psixologlar bilan boğliq xolos. Yaʼni umumiy örta va örta maxsus taʼlim muassasalarida, ulardagi öquvçilar sonidan kelib çiqib psixolog ştat birligi belgilandi hamda psixologlarning oyliklari oşirildi.
Oliy taʼlim va maktab öqituvçilarining oyligi oşdi, akademik litsey va kollej öqituvçilarining oyligi qaçon oşadi, degan savolga esa menda javob yöq. Buni rasmiylardan söraganingiz maqsadga muvofiq.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

