Muhrim A’zamxo‘jayev Telegram’da shaxsiy kanalini ochdi
Qalami ötkir va qari blogerlardan (yoşi emas, blogerlikdagi tajribasi nazarda tutilmoqda) biri, Özbekistonda ötkazilgan birinçi blogerlar çempionati çempioni Muhrim Aʼzamxöjayev ham Telegramda şaxsiy kanal oçibdi ➡️ @muhrim.
Kanalda hamma yerda ham aytilavermaydigan, teşa tegmagan fikrlarni öqişingiz mumkin. Mana, Muhrimning postlaridan biri:
Bir juda yaqin, juda yaxşi akaxonim GM Uzbekistan va uning monopoliyasi tanqidiga bağişlangan bir maqola ostida, töğrisini aytsam, juda töğri tanqidiy komment qoldirganlar: «Boykot eʼlon qilib, bir oy davomida heç narsasini sotib olmaslik kerak. Şunda, öylaşimça, narxlar möjiza yuz bergandek, heç kim sotib olmayotgani uçun, öz-özidan pastlaydi».
Qani endi, bir uyuşib şunday qila olsak. Har qanday normal kompaniya bunday holatda yo kasod böladi, yo töla kasod bölmaslik uçun ham mahsulotini xuddi Rossiyada arzonroğiga sotganidek, Özbekistonda ham arzonroq sota boşlaydi. Boykotga uçragan 100 ta kompaniyadan 99 tasi şu işni qilgan bölardi, balki. Lekin şu işni qilmaydigan bitta kompaniya bölsa, u ham, menimça, GM Uzbekistan (yoki «Özavtosanoat» — Alixöja, Xöjaali).
GM Uzbekistan 23 kundan beri (bu deyarli bir oy, degani) Özbekistonda avtomobil sotayotgani yöq. Biz unga boykot eʼlon qilgunimizça, töğrisini aytganda, u özbekistonlik xaridorlariga allaqaçon katta, doda-xöja boykot eʼlon qilib bölgan. Erta-yu keç mahsulot işlab çiqaradigan, ayni vaqtda 23 kundan beri birorta mahsulot sotmagan normal kompaniya, menimça, sinadi. Agar allaqaçon sinib bölmagan bölsa.
Bu — monopoliyaning iflos va jirkanç yuzi. Afsuski, biz mana şu iflos va jirkanç yuz bilan birga yaşaşga, işlaşga, oldi-sotdi qilişga mahkummiz. Kulging keladi, lekin yiğlagulik holat.
PS. «Özavtosanoat» 23 kun maşina sotmay, yana bir narsani isbotladi — Özbekiston maşina zavodlarisiz ham yaşay olarkan. «Özavtosanoat» monopoliyalari bölmasa ham Özbekistonda hayot töxtab qolmas ekan. Maşina zavoding böla turib, u 23 kundan beri maşina sotmasa — bu uning yöqligi bilan teng, şekilli.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


