GM Uzbekistan va Monopoliyaga qarşi qömita bahsi

Matn11-aprel, 2019, 18:523 daqiqa2 koʻrishtahrirlangan

​​Haligina monopoliya haqida gapirib turuvdik, şu mavzuga oid öta antiqa xabar çiqib qoldi.

Balki xabaringiz bordir, keça Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi GM Uzbekistan tomonidan 2018-yilda sotilgan 6,5 mingdan ortiq Nexia-3 (2-pozitsiya) avtomobillari komplektatsiyasida tumanga qarşi old faralar oxirigaça yetkazib berilmaganini maʼlum qilgan edi.

Qömita talabi bilan, avtomobil işlab çiqaruvçi avval sotilgan 6 mingtadan ortiq avtomobillar komplektatsiyasidagi faralarni yetkazib bergan va isteʼmolçilarga 2,5 milliard sömdan ziyod zararni qoplagan, deyilgandi xabarda.

Keyin undan ham qiziq böldi. GM Uzbekistan bu xabarni rad qilib, quyidagiça bayonot bilan çiqdi:

«Avtomobillarni tumanga qarşi faralarsiz xaridorlarga yetkaziliş holatlari mazkur butlovçi qismning yetkazib berilişida keçikiş yuzaga kelganligi sababli xaridorlarni ogohlantirgan va ular bilan kelişilgan holda amalga oşirilgan. Avtomobillarni egalariga öz vaqtida yetkazib beriş maqsadida kompaniya ularni vaqtinça tumanga qarşi faralarsiz, keyinçalik örnatib beriş şarti bilan qaror qabul qilgan.

Tumanga qarşi faralarning Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining talabi bilan qöyib berilganligi haqiqatga töğri kelmaydi, sababi avtomobillarga mazkur butlovçi qismlarni örnatib beriş «GM Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan doimiy nazoratda bölgan va bu haqda xaridorlar ham ogohlantirilgan».

Yaʼni GM faralarsiz maşina berganini tan olyapti, faqat xaridorlarga zararni tölaşga Qömitaning aloqasi yöq, deyişdi.

Ikki taşkilotning axborot jangi şu bilan tugasa kerak, deb öylagandik, bugun Qömita keçagidan ham dahşat va aytiş joiz bölsa Özbekiston şaroiti uçun heç kutilmagan bayonot berdi. Unda quyidagiça gaplar bor:

«Şu bilan birga, yuzaga kelgan vaziyat böyiça monopol mavqega ega kompaniyaning tutgan pozitsiyasi, uning korporativ madaniyati va qadriyatlariga nisbatan bir qança savollarni yuzaga keltirmoqda.

Maʼlumki, avtomobil işlab çiqariş industriyasida faoliyat yuritayotgan global kompaniyalar odatda kamçiliklar aniqlanganda sotuvga çiqarilgan avtomobillarni ommaviy tarzda qaytarib oladilar va zudlik bilan nuqsonlarni bartaraf etadilar. Eng asosiysi, ularning biznes yuritiş ananalariga köra ular isteʼmolçilar va mijozlardan oşkora ommaviy tarzda uzr söraydilar (misol uçun, Toyota, Volkswagen va boşqa kompaniyalar)...

Biroq, “GM Uzbekistan” AJni xatti-harakatlarida quyidagini kuzatiş mumkin.

Xususan, komplektatsiyalarida yetişmovçiliklar mavjud bölgan avtomaşinalar ommaviy tarzda qaytarib olinmagan yoki yetişmovçilik töğrisida tegişli tartibda eʼlon qilinmagan, uşbu vaziyat böyiça köp holatlarda isteʼmolçilarga tegişli tarzda maʼlumotlar berilmagan, ularni bartaraf etiş uçun qulayliklar yaratilmagan, masalan, Toşkent viloyatining Bekobod (uzoqlik – 150 km), Böka (80 km.), Çirçiq şaharlarida (100 km) avtomobil xarid qilgan isteʼmolçilar tumanga qarşi yoritgiç örnatiş uçun Çinoz tumaniga kelişga majbur bölganlar, kamçilikni bartaraf etiş muddatlari çözib yuborilgan, alohida holatlarda 2018-yilning oktabr oyida sotib olingan avtomobillarga bugungi kunga (6 oy ötgan) qadar komplektatsiyani butlaş işi amalga oşirilmagan.

Yuqorida keltirilgan holatlar, bozorda muayyan xöjalik yurituvçining monopol mavqei vujudga kelişi uning isteʼmolçilar oldidagi maʼsuliyati pasayişini keltirib çiqarişiga yana bir bor dalil bölmoqda».

Mana şunaqa gaplar. Birgina tumanga qarşi faralar ustida bölayotgan gap-sözlar monopoliya naqadar jirkançligini, monopol taşkilotlar esa bezbetroq bölişini körsatib turibdi.

#ijtimoiy_sörovnoma

👍 - Yaşasin, monopoliya!
👎 - Yöqolsin, monopoliya!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek