UzAuto Motors deputat Rasul Kuşerbayevga javob qaytardi
“UzAuto Motors” AJ deputatga javob qaytardi
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi “UzAuto Motors” AJ Özbekiston Respublikasining «Raqobat töğrisida»gi Qonuni buzganligi sababli tegişli iş qözğagani va bu böyiça yiğiliş bölib ötgani haqida deputat Rasul Kuşerbayevga asoslanib xabar bergan edik.
“UzAuto Motors” AJ holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Xolislik uçun uşbu bayonotni ham eʼlon qilamiz.
Undan ayrim qismlar:
«Kimdadir deputatlik sörovi “UzAuto Motors” tekşiruvi uçun turtki bölgan, degan fikr uyğonişi mumkin. Yumşoqroq aytadigan bölsak, bu haqiqatga töğri kelmaydi: keng kölamli tekşiruv borayotganiga bir neça oy böldi, lekin 29-iyulda, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi narxni şakllantiriş masalasini çuqurroq örganiş töğrisida qaror qabul qilgan kuni deputatlar guruhidan sörov kelib tuşgan. Tasodifmi? Şubhasiz.
...
Deputat "tekşiruv “UzAuto Motors” kompaniyasining maxsus aksiyalari orqali avtomobillarni muddatli tölov asosida sotiş faqat kompaniya muassisligidagi “Autosanoat Invest” MÇJ orqali amalga oşirilganligini körsatgan. Boşqa dilerlar bevosita bunday aksiya ötkaziş huquqiga ega bölmagan”liklarini eʼlon qildi. Bu esa, uçiga çiqqan safsatabozlik va qip-qizil yolğonning özginasi: “UzAuto Motors” AJ “Autosanoat Invest”ning muassisi emas va heç qaçon bölmagan ham – bu kompaniya 100% «Özavtosanoat» AJga tegişli.
Bundan taşqari, “UzAuto Motors” amalda heç qanday aksiya uyuştirmaydi – u faqat avtomobillar işlab çiqaradi, ularni keyin dilerlar öz avtosalonlarida sotadilar. Dilerlar esa, öz navbatida, amaldagi qonunçilik doirasida va öz fantaziyalaridan kelib çiqib, istalgan aksiyani ötkazişlari mumkin. “Autosanoat Invest” bir qator öz aksiyalarini öylab topdi va işlab çiqdi, lekin yuzga yaqin boşqa dilerlik korxonalarining har biri ham xuddi şunday huquqqa ega. Boz ustiga, ular bu huquqlaridan faol foydalanadilar, hatto avtomobillarning bepul öynalişiga qadar öz aksiyalarini işlab çiqadilar».
Batafsil bayonot mana bu yerda.
👉 @xushnudbek 👈
