Malik Karimov koronavirusni davolaşdagi xatolar haqida
Koronavirus pnevmoniyasiga çalingan bloger özining qimmatli tajribasi bilan örtoqlaşdi: «Kapelnitsa qöymang!»
KorzinkaUz supermarketlar tarmoği marketing direktori, @yuguryugur va @na_begu telegram-kanallari muallifi Malik Karimov koronavirus pnevmoniyasiga çalinib, şifokorlarning notöğri körsatmasi natijasida oğir formasini boşidan ötkazgani va qanday qilib tuzalgani haqida gapirib berdi. Bu fikrlar köpçilikka foydali bölişi mumkinligini hisobga olib, uni töliqligiça havola etaman:
«Döstlar, hayotimning sönggi ikki haftasi muşkul dard bilan kuraşda keçdi. Men bu haqida batafsil tavsifli, katta bir post yozişni ham boşlagandim, lekin köpçilikni ogohlantiriş, hayotlarni saqlab qoliş mumkinligi sababli boşimdan ötkazganlarimni oraliq postda yozişga qaror qildim. Çunki har daqiqa, insonlar umri ğanimat!
Dastlabki bosqiçda öpka zararlanişining 20%gaça yetganini bilganimizda, ilk kunlardanoq yurtimizning yetakçi pulmonologlari tavsiyalariga köra muolajani boşladik.
Omadim kulgan ekan, ayolim va ikkinçi onam — vraç, şu sababli biz eng muşkul çaqiriqlarga ham tayyor edik. Mening jismoniy holatim — triatlon va yuguriş bilan muntazam şuğullanişim kasallikni yengil şaklda ötkazişga yordam berişiga çindan amin edim.
Ammo, keyin aniq bölişiça, köplab vraç va mutaxassislar kasallik rivojlaniş mexanizmini hisobga olmay, koronavirusni notöğri davolaşga urinişar ekan. Soğliqni saqlaş vazirligida bor maʼlumotlarga qaramasdan, koronavirus pnevmoniyasini davolaş örniga, ular bakterial pnevmoniyani davolaşar ekan! Mening muolajam kapelnitsa va köp miqdordagi antibiotiklardan iborat edi. Va bunday davolaş usuli meni yana ham boşi berk köça tomonga yetaklay boşladi — bunday muolajaning 5-kuniga kelib, öpka şişişi va zararlanişi 70%ga yetdi!!!
Faqatgina, kapelnitsa va antibiotiklarni bekor qilgan Immunologiya institutining yetakçi immunolog mutaxassisi jarayonga favqulodda qöşilişi va tuzatişlari şarofati bilan mening holatim bir maromga keldi. Doimiy qon analizlariga (SRB, D-dimer, LDG, interleykin, OAK, ferritin) asoslanib, kasallik keçişini özgartiriş va davolanişga muvaffaq böldik. Hozir holatim ança yaxşi.
Eng muhim jihatga eʼtiboringizni qaratmoqçiman — koronavirus pnevmoniyasini davolaş oddiy pnevmoniyani davolaşdan tubdan farq qiladi, kapelnitsa qöymang! Antibiotiklar esa faqat yöriqnoma bilan qabul qilinişi kerak!
Menga yordam bergan vraç va uning hamkasblari Aziza Şabatovna Xöjayeva, Dildora Sekler, Abdusalom Abdurahmonov - bu insonlar özlarining ilmiy mustahkamlangan malakasi bilan hozir misli körilmagan işlarni bajarmoqdalar. Ular nafaqat vraç va hamkasblarining bilimini oşiriş bilan, balki koronavirusni töğri davolaş böyiça yurtdoşlarimizga ham ziyo ulaşmoqdalar.
Men ularning @tezyordamlive kanaliga obuna bölişingiz va teledasturlarini ötkazib yubormasligingizni qattiq tavsiya qilaman. Ayni vaqtda bu koronavirus hamda uni töğri muolaja qiliş haqidagi eng maʼqul ilmiy va tuşunarli manbadir. Mana, masalan, bu videoda Abdusalom aka nega kapelnitsa qöymaslik kerakligini sodda tilda tuşuntirib beryaptilar, tomoşa qiling!
Barça şifokorlar va loyiha mualliflariga taʼzim, ularga minnatdorçiligimni bildiraman.
Kasal bölmang va yaqinlaringizni asrang!»
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 😢 1

