Tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar köpaymoqda
Tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar köpaymoqda
Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Toşkent şahar tez tibbiy yordam stansiyasi boş şifokori Doniyor BÖRIBAYEVning maʼlum qilişiça, butun respublikada, jumladan Toşkent şahri aholisi orasida “COVID-19” infeksiyasiga gumon qilingan, pnevmoniya va koronavirus kasalligi tasdiqlangan hamda boşqa yuqumli xastaliklar bilan kasallangan fuqarolar tomonidan “103” xizmatiga bölayotgan çaqiriqlar soni ham ortmoqda.
Ayni paytda şahar “Tez yordam” xizmati CALL-markaziga bir kunda örtaça 5000-5100 nafar fuqaro murojaat qilmoqda. Jumladan, sönggi beş kun içida (8-iyuldan-12 iyulgaça) 26 ming 421 ta çaqiriq kelib tuşgan bölsa, şundan pnevmoniya belgilari kuzatilgan, koronavirusga gumon qilingan yoki taşxisi qöyilgan va boşqa yuqumli kasalliklar bilan ikki ming uç yuz qirq nafarga yaqin bemorga sifatli tez tibbiy yordam körsatildi.
— Keyingi vaqtlarda bir manzilga bir neçta joydan qayta-qayta çaqiriqlar kelib tuşmoqda. Yaʼni, bitta bemorga oila aʼzolari, döstlari, şuningdek, qöşnilari tomonidan ham murojaatlar qabul qilinmoqda. Aytiş lozimki, bu kabi holatlar pandemiya davrida şundoq ham tiğiz tartibda faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam xizmati işini yanada qiyinlaştirib, “103” brigadalariga yuklamalar ortişiga sabab bölayotir, - deydi D.Böribayev.
Qolaversa, qayta çaqiriqlar tufayli bitta manzilga bir vaqtning özida ikkita, uçta, hatto, törttagaça “Tez yordam” avtomaşinasining borib qoliş holatlari kuzatilmoqda.
«Şu bois, fuqarolarimizdan biroz sabrli bölişlarini, şoşqaloqlik bilan qilingan notöğri harakat boşqa bir bemor hayotini xavf ostiga qöyişi mumkinligini yodda tutişlarini istar edim», - degan Doniyor Böribayev.
👉 @xushnudbek 👈


