Toşkentdagi koronavirus taqsimlaş markazlari manzillari
Özida koronavirus alomatlarini sezganlar qayerga murojaat qilişi kerak? Böş joy bormi?
Afsuski örtada bir şunday vaziyat böldiki, koronavirusga çalingan fuqarolar qayerga borişni bilmadi, borgan joylari liq tölaligi uçun qabul qilişmadi, 1003 ga qönğiroq qilsa, heç kim kelmadi.
🤷🏻♂️ Vaziyat hozir qanday?
Aytişlariça, köz tegmasin, hozir ajiotaj biroz pasaygan. 1003 ga bölgan qönğiroqlar ham karrasiga kamaygan, maxsus şifoxonalarda böş joylar ham yetarli.
Birgina misol, Toşkent şahrida koronavirusga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkor tibbiy yordam körsatiş maqsadida katta pavilyonlarda 4 ta saralaş va taqsimlaş markazlari taşkil qilingan edi.
Bu 4ta maskanda jami 3 ming 84 ta örin yaratilgan bölsa, hozirda 1 ming 843 ta (59%) böş örin mavjud.
❓Manzillari qayerda?
Xöş, öşa 4ta saralaş va taqsimlaş markazlarining manzili qayerda?
✅814 örinli “Özekspomarkaz” 1-2 pavilyoni (Yunusobod tumani, Amir Temur şoh köçasi, 107-uy);
📍Google Xarita böyiça aniq manzil
✅1 000 örinli “Özekspomarkaz” 3-4 pavilyoni (Yunusobod tumani, Amir Temur şoh köçasi, 107-uy);
📍Google Xarita böyiça aniq manzil
✅750 örinli “Universal” sport majmuasi (Yunusobod tumani, Korxojiota köçasi, 2A-uy);
📍Google Xarita böyiça aniq manzil
✅520 örinli “Yoşlik” sport majmuasi (Şayxontohur tumani, Paxtakor köçasi, möljal: “Paxtakor” metro bekati).
📍Google Xarita böyiça aniq manzil
🚘 Bu yerga özi borsa ham böladimi?
❗️Ha, mumkin!
Özida “COVID-19” alomatlarini sezgan yoki bu kasallikka çalingan fuqarolar uşbu maskanlarga uç yöl bilan, yaʼni :
➖tez tibbiy yordam maşinasida;
➖oilaviy poliklinika qoşidagi mobil brigada yordamida;
➖özlari borişlari mumkin böladi.
‼️ Eslatma: Bordi-yu, kasallik yengil, alomatlarsiz keçayotgan bölsa, bunday bemorlarga kerakli dori vositalari va tavsiyalar berilib, ular uyda davolaşga ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
