Semiz siyosatçilar va korrupsiya örtasidagi boğliqlik

Matn6-avgust, 2020, 09:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qiziq tadqiqot: semiz siyosatçilar bor davlatda korrupsiya yuqori böladimi?

Dunyoning eng nufuzli moliyaviy naşrlaridan biri The Economist juda qiziq maqola eʼlon qildi. Unda sobiq SSSR tarkibidagi qaysi davlatlarda ortiqça vaznga ega siyosatçilari köp bölsa, öşa yerda korrupsiya balandligi haqida söz boradi.

Fransiyadagi Monpelye biznes maktabi tadqiqotçisi Pavel Blavatskiy tomonidan ötkazilgan tadqiqotda sobiq SSSR tarkibiga kirgan 15ta davlatning 2017-yildagi Hukumat tarkibi aks etgan 300 ga yaqin fotosuratlar tahlil qilinib, kompyuterdagi maxsus algoritm orqali ularning vaznlari hisoblab körilgan (izoh - Hukumat tarkibi deganda Boş vazir, uning örinbosarlari va vazirlar olingan).

Maʼlum bölişiça, ortiqça vaznga ega amaldorlari köp davlatlarda korrupsiya holatlari ham yuqori bölib çiqqan. Davlatlardagi korrupsiya holatini belgilaşda Jahon banki va Transparency International indeksidan foydalanilgan.

Mazkur indeksga köra, Boltiq böyidagi 3 ta davlat - Estoniya, Latviya va Litva, şuningdek Gruziya sobiq SSSRga aʼzo mamlakatlar orasida eng korrupsiyadan xoli davlatlar hisoblanadi. Şuningdek, uşbu davlatlar vazn jihatdan eng ixçam vazirlari bilan ham maqtana olar ekan.

Aksinça korrupsiya indeksida eng quyi örinlarda turadigan Özbekiston va Turkmanistonda, şuningdek Ukrainada ortiqça vaznga ega vazirlar soni köp ekan.

Tadqiqotçining fikriça, semizlik sobiq SSSR davlatlaridagi siyosatçilar orasida haddan taşqari köp uçraydi. Masalan, barça 15 ta mamlakat vazirlarining 3 dan 1 qismi "ortiqça vazndan aziyat çekuvçi" toifaga kiradi. Blavatskiy algoritmi böyiça, bu körsatkiç Özbekistonda 54%, Tojikistonda 44%ni taşkil qiladi (2017-yildagi maʼlumot).

Garçi Vladimir Putin soğlom turmuş tarzini tarğib qiluvçi, kuçli siyosatçi sifatida gavdalansa ham, lekin uning Hukumati xuddi qöşni davlatlardagi kabi nisbatan dömboqlardan taşkil topgan, deyiladi maqolada.

Şuningdek, tadqiqotçi Armanistonni alohida misol keltirgan. Yaʼni Armaniston 2018-yilda revolyutsiya orqali demokratiya tomon katta qadam taşlagandan söng, Hukumat tarkibining vazni ança yengillaşgan, yaʼni ortiqça vaznga ega vazirlar soni kamaygan.

Maqolada yana bir qiziq maʼlumot keltirilgan. Köpçilik öylaşi mumkin, semiz siyosatçilar bor davlatda semiz odamlar ham köp bölsa kerak, deb. Lekin raqamlar aksinça ekanligini körsatmoqda. Ortiqça vaznga ega siyosatçilar bor davlatning fuqarolari ozğin ekan (öng tomondagi grafikka qaralsin).

«Albatta, uşbu korrelatsiya semiz siyosatçilar ixçamroq hamkasblariga qaraganda işonçsiz degan xulosa çiqarişga sabab böla olmaydi. Ammo sobiq Şarqiy blokdagi davlatlarda siyosatçilar vazni kamaysa, yaxşi bölar edi. Çunki tadqiqotlar körsatadiki, saylovçilar ortiqça vaznga ega siyosatçilarga kamroq işonç bildiradi», - deyiladi The Economist maqolasida.

Qöşimça izoh: yana bir bor eslatib ötamiz, uşbu tadqiqot 2017-yilgi Hukumatlar tarkibidan kelib çiqib olib borilgan. Mana bu faylda qaysi davlatdan qaysi siyosatçilar tadqiq qilinganini töliq körişingiz mumkin.

Masalan, tadqiqot uçun tanlab olingan Özbekistonning 2017-yilgi 24 kişilik Hukumat tarkibidan hozirda faqat 9 kişi işlayapti, qolganlar yoki butunlay Hukumatdan ketgan yoki boşqa lavozimga ötkazilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek