Qamçiq dovonida yangi tonnel quriladi

Matn5-avgust, 2020, 20:441 daqiqa0 koʻrish

Qamçiq dovonida yangi tonnel quriladi

Bugun Şavkat Mirziyoyev davlat-xususiy şeriklikni kengaytiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi. Yiğilişda transport va logistika tarmoği haqida gap ketar ekan, uşbu sohada ham amalga oşirilayotgan işlar umuman qoniqarli emasligi qayd etildi.

Sohani rivojlantirişning keyingi davrida 27 milliard dollar talab etilişi maʼlum qilindi.

Misol uçun, bugungi kunda Qamçiq dovoni orqali Toşkentdan Andijonga boriş uçun tirbandliklar sababli 5-6 soat vaqt sarflanadi, 22 ming avtomobil ötadi. Bu körsatkiç kelgusi 5 yilda 40 mingga yetadi.

“Toşkent-Andijon” pullik avtomobil yöli işga tuşgan taqdirda masofani bosib ötiş 3 soatgaça qisqaradi, transport harakati esa 70 foizgaça oşadi.

Şu bois davlatimiz rahbari Qamçiq dovonida yangi tonnel quriş böyiça tender-loyiha hujjatlarini işlab çiqiş va tender eʼlon qiliş muhimligini körsatib ötdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek