TBC Bank Payme kompaniyasining 51 foiz aksiyasini sotib oldi
Gruziyaning TBC Bank’i Özbekistonda Payme brendi ostida faoliyat yurituvçi «Inspired» MÇJning 51 foiz aksiyalarini 5,5 mln dollarga sotib olibdi.
Şu xabarni eşitib, juda va juda xursand böldim. Yoş tadbirkorlarimizning muvaffaqiyatidan quvondim. Davlatda monopoliya degan baloni yöqotişsa, tadbirkorlarimiz imtiyozli kredit yoki balandparvoz vaʼdalarsiz ham özidan özi rivojlanib ketişi mumkinligiga yaqqol misol bu. Köp gapirgandan köra, şunçaki şaroit yaratiş va tegmaslik kerak xolos.
Boz ustiga uşbu kelişuv IT eng foydali soha ekanligi, kelajak aynan axborot texnologiyalari bilan çambarças boğliqligiga ham dalil böla oladi.
Biznes qiling, maşaqqatlarga çidang, sabrda böling, bir kun kelib albatta mevasini körasiz, Xudo xohlasa.
Payme asosçilariga kelgusi faoliyatida omadlar tilayman!
P.S.: rosti Payme eng sevimli ilovam, qolgan raqobatçilarining xizmatidan deyarli umuman foydalanmayman. Ham qulay, ham tez, ham qandaydir yoqimli ilova. Bu zinhor reklama emas, dildagi gaplar.
👉 @xushnudbek 👈
