O‘zbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ro‘yxatida

Matn28-sentabr, 2019, 14:091 daqiqa0 koʻrish

​​Özbekiston eng islohotçi TOP-20 davlatlar içida

Jahon banki biznes yuritişni yengillaştirişda eng katta islohotlar amalga oşirgan dunyodagi 20 ta top davlatlar içida Özbekiston ham eʼtirof etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Xususan, Özbekistonda 5 ta yönalişda amalga oşirilgan qadamlar alohida tan olindi.

Jahon banki xabariga köra, Özbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilişni mustahkamlagan, soliqlar tölaş tizimini soddalaştirgan, şartnomalarni ijrosini amalga oşirişni kuçaytirgan, şuningdek taşqi savdo yönalişida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bundan taşqari, tijorat taşkilotlarida mustaqil kengaş aʼzolari bölişi yuzasidan yangi talablar va audit qömitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda soliği bilan birlaştirilgani ham alohida taʼkidlangan. Jahon banki mediatsiya institutini rivojlantirişga qaratilgan qadamlarni ham eʼtirof etib, bu borada yagona huquqiy baza şakllanganini va mediatsiyadan foydalanişni rağbatlantiriş mexanizmlari joriy etilganini taʼkidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-xatarni tahlil qiliş asosida tekşiruvlarni amalga oşiriş tartibotlari kiritilganini ham maʼqullagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek