Olmazor tumani hokimi örinbosari işdan böşatildi
Olmazor tumani hokimi örinbosari işdan böşatildi
Bugun "Kun.uz" muxbiriga hujum qilgan Olmazor tumani hokimi örinbosari Abdurasul Vahabov öz lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Komil Allamjonov maʼlum qildi.
«Şu munosabat bilan biz yana bir bor taʼkidlaymizki, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi har bir jurnalist va blogerni uning huquqlari buzilişidan himoya qilişni davom ettiradi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati bu xabarni inkor qilib, miş-miş deb atadi, lekin biroz ötgaç öz xabarini öçirib taşlagandi.
Boş prokuraturadagi manba tomonidan Kun.uz’ga maʼlum qilinişiça, Toşkent şahar prokurori tomonidan holat yuzasidan Toşkent şahar hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan, taqdimnoma körib çiqilişi natijasiga köra Vahobov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Qöşimça qilinişiça, boşqa holatlar yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan qöşimça tekşiriş harakatlari davom etmoqda. Yaʼni, Boş prokuratura şahar prokuraturasining jinoiy iş qözğatişni rad etiş töğrisidagi qarorini bekor qilib, işni qaytadan körib çiqiş böyiça topşiriq bergan.
👉 @xushnudbek 👈
