Ixtiyor Abdullayev va uning şeriklariga hukm eʼlon qilindi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari va uning şeriklariga nisbatan hukm eʼlon qilindi
Bugun, 2019-yil 27-sentabr kuni, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining (DXX) sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tomonidan taşkil etilgan jinoiy uyuşma aʼzolariga nisbatan ayblov hukmi eʼlon qilindi.
Oliy sud matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, ikki oydan ortiq davom etgan yopiq sud majlisida sudlanuvçilarning, uç yuzdan ortiq jabrlanuvçi va guvohlarning körsatmalari tinglanib tahlil qilindi, dastlabki tergov organi tomonidan töplangan dalillarga baho berilib, sudlanuvçilarning vajlari tekşirildi.
Natijada, Ixtiyor Abdullayev jinoiy uyuşma taşkil etib, mansab vakolatini suisteʼmol qilib, uyuşgan guruh va jinoiy uyuşma manfaatlarini közlab, juda köp miqdorda pora oliş, Özbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravişda bitimlar tuziş, tovlamçilik, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qiliş, bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş va şu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, jinoyatlar majmui tariqasida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilindi.
Şuningdek, sudning hukmi bilan: DXX raisining sobiq örinbosari Jahongir Igamov 16 yil, DXX raisining sobiq maslahatçisi Alişer Işanxodjayev 17 yil, Toşkent şahar prokurorining sobiq örinbosari Yorkin Abdullayev 14 yil, Adliya vazirligi Kadrlar bilan işlaş boşqarmasi boşliğining sobiq örinbosari Yusufboy Xodjayev 8 yil, Boş prokurorning sobiq örinbosari Ğayrat Xidoyatov 5 yil, Oliy sud raisining sobiq örinbosari Baxodir Dehqonov 5 yil, Namangan viloyatining sobiq prokurori Uluğbek Toşev 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sudlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilindilar.
Qolgan 15 nafar sudlanuvçilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning oğirlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi iştirokidan kelib çiqib, jazolar tayinlandi.
Bundan taşqari, sud tomonidan jinoyatlar oqibatida davlat, şuningdek yuridik va jismoniy şaxslarning manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplaşga qaratilgan tegişli çoralar belgilandi.
Aytişlariça, oldinroq uşbu jinoiy iş bilan boğliq tergovni nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidenti xavfsizligi Davlat xizmati raisining örinbosari Otabek Umarovga yuklatilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
