Toşkent yuridik kolleji sobiq direktoriga hukm öqildi

Matn11-avgust, 2018, 14:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toşkent yuridik kollejning sobiq direktori Natalya Temirovaga sud hukmi öqildi

Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tumani sudida Toşkent yuridik kollejining sobiq direktori N.Temirovaga nisbatan 16-martda boşlangan sud jarayoniga nihoyat nuqta qöyildi.

N. Temirovaga Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga köra, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda, eng kam oylik iş haqining 350 barobari miqdorida jarima va 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tumani sudi sudyasi Bolat Sultonovning aytişiça, N.Temirova özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilişga oid jinoyatni juda köp miqdorda firibgarlik, yaʼni aldaş yoki işonçni suiisteʼmol qiliş yöli bilan özganing mulkini yoki özganing mulkiga bölgan huquqni qölga kiritişni juda köp miqdorda sodir etiş, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş, mansab soxtakorligi, pora beriş, hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş, yolğon guvohlik beriş kabi jinoyatlarni ham sodir etganlikda aybdor, deb topildi.

Şuningdek, Toşkent yuridik kollejida iş yurituvçi kotib hamda kadrlar bölimi inspektori bölib işlagan Abdulaziz Salimjonov firibgarlik, pora beriş, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarga aloqadorligi sababli sudlandi. Sud jarayonida unga qöyilgan ayblar ham isbotini topdi. Unga Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga köra, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik iş haqining 310 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Manba: ÖzA

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek