Qaşqadaryoda 500 ming söm pora olgan şifokor qamaldi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Kambağalni tuyaning ustida ham it qopadi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş juda muhim, töğri. Ammo bu mana bunday adolatsiz hukmlar, statistika uçun sunʼiy şişirilgan işlar orqali bölmasligi kerak.
Qaysidir mansabdor mabodo adaşib qölga tuşib qolsa, aksariyat hollarda pora oliş emas, firibgarlik moddasi bilan iş oçiladi. 500 ming söm olgan şifokorga esa nafaqat pora oliş, balki oğirlaştiruvçi holat ham qöllanibdi.
Har yili falonça mansabdorni pora bilan uşladik, deb jar solişadi yana.
Har 100 ming söm 1 yil ozodlikdan mahrum qilişga töğri kelyapti. Bunaqa bölsa, million dollar pora olganlar million yilga qamalişi kerak.
Yöq, men aslo baʼzilarga öxşab "ana, falonçilarga tegmayapsizlarku, oddiy xalqqa ham jazo berilmasin" degan fikrni aytmoqçimasman. Bu mutlaqo notöğri qaraş. Qilmişiga yaraşa hamma jazosini olişi kerak. Kattami kiçkinami, farqi yöq. Faqat öşa jazo adolatli bölişi şart. Yomonning kuçi yapaloqqa yetibdi, degan prinsip bölmasligi kerak.
Qonuniy hukm hamda adolatli hukm örtasida farq katta.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4453



