Turobjon Jörayev 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Turobjon Jörayevga hukm öqildi
Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2-avgust kuni bölib ötgan yopiq sud majlisida Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jörayev va uning şeriklariga nisbatan sud hukmi öqilgan.
Maʼlumotlarga köra, Turobjon Jörayev Jinoyat kodeksining 167- («özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş»), 206- («hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çiqiş»), 210- («pora oliş») va 243- («jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş») moddalari bilan aybdor deb topilgan hamda 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Eslatib ötaman, T.Jörayevning vertikal korrupsion tizimni taşkil qilgani haqida 2018-yil 13-iyul kuni markaziy telekanal orqali katta reportaj efirga uzatilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
