Uçta yönalişga kiriş tartibi haqida tuşuntiriş
Uçta yönalişga kiriş tartibi haqida
#abituriyent
Abituriyentlar hujjat topşirayotgan paytda 3ta yönalişni ustuvor ketma-ketlikda belgilagan. Yaʼni qaysidir OTMdagi yönalişni birinçi, qaysidirini ikkinçi va yana boşqasini uçinçi yönaliş sifatida oldindan belgilaşgan.
Bunday vaziyatda abituriyent ustuvor yönalişga kira olmagan taqdirdagina keyingi yönalişda omadini sinab körişi mumkin. Agar xoh kontrakt, xoh grant bölsin, ustuvor yönalişga töplagan bali yetsa, unda keyingi yönalişlar uçun ballari hisobga olinmaydi va tanlovda iştirok eta olmaydi.
❗️Bundan taşqari muhim joyi, agar abituriyentning bali birinçi yönalişga yetmasayu, lekin ikkinçi yönalişga davlat grantiga kiriş uçun yetsa, u 2-yönalişda byudjetda öqiydi. Yoki 1 va 2-yönalişdan yiqilib, 3-yönalişga byudjetga kirsa, demak u grantda öqiydi. Köpçilik orasida şu böyiça notöğri miş-mişlar yuribdi. Byudjetga faqat 1-yönalişga kiriş mumkin ekan, 2 va 3-yönalişda grantga bali yetsa ham baribir kontraktda öqir ekan, degan gaplarning barçasi notöğri.
Ortiqça savollar bölmasligi uçun, uçta yönalişda kiriş tartibini misol tariqasida tuşuntiraman.
Aytaylik, farğonalik abituriyent tarix yönalişi böyiça quyidagi ketma-ketlikda OTMlarni tanladi deylik:
1-yönaliş: ÖzMU
2-yönaliş: Şarqşunoslik instituti
3-yönaliş: FarDU
Abituriyent test sinovlaridan umumiy 150 ball töpladi, deylik. Bu ball ÖzMUga kontrakt, TDŞI va FarDUga esa byudjetga yetarli bölsa, unda abituriyent qaysi birini tanlaşi mumkin? 1-yönalişdagi ÖzMUda kontraktni öqişni xohlamay, Şarqşunoslikning byudjetini tanlasa böladimi?
Yöq, bölmaydi! Bunday vaziyatda abituriyentda tanlov imkoniyati yöq, u ustuvor yönaliş sifatida 1-örinda ÖzMUni belgilagani uçun, şu yerning kontraktiga kirgan hisoblanadi, qolgan 2 ta yönaliş inobatga olinmaydi. Qaçonki u ÖzMUga yetarli ball töplay olmasa, yaʼni u yerdan yiqilsagina, keyin Şarqşunoslikka bali hisoblanadi. Agar abituriyent bali ÖzMU va Şarqşunoslikka ham yetarli bölmagan taqdirdagina, keyin FarDU inobatga olinadi.
Yaʼni ustuvor OTMga kira olmasagina, ball keyingisiga ötadi. Agar ustuvor OTMga yetarli ball töpladimi, tamom, u xoh budjet, xoh kontraktga kirgan bölsin, keyingi OTMlarga inobatga olinmaydi, şu yerda töxtaydi.
Bundan taşqari 1-yönalişni tanlaganlar bilan 2 yoki 3-yönalişni tanlaganlarning maqomi orasida heç qanaqa farq yöq. Barçasi teng kuçga ega. Masalan, FarDUning tarix fakultetini 1-yönaliş deb tanlagan abituriyent bilan 3-yönaliş sifatida tanlagan abituriyent teng kuçga ega. Agar 3-yönaliş sifatida tanlagan abituriyent balandroq ball olsa, röyxatda 1-yönaliş sifatida tanlagandan tepada turadi.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈


