Raşid Qodirovga sud hukmi eʼlon qilindi

Matn26-iyun, 2019, 17:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Raşid Qodirovga sud hukmi eʼlon qilindi

Bugun, 2019-yil 26-iyun kuni, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi, Yunusobod tuman sudi binosida, Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşid Qodirov va boşqalarga oid (jami 13 nafar şaxs) jinoyat işi böyiça ayblov hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud hukmi bilan, 2000-2015-yillarda Özbekiston Respublikasining Boş prokurori lavozimida faoliyat körsatib kelgan Raşid Qodirov (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining «a» bandi), pora berişga dalolat qiliş (JK 28,211-moddasi 3-qismining «a» bandi), firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining «a» bandi), soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş (JK 184-moddasining 3-qismi), tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş (JK 236-moddasining 2-qismi), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş (JKning 243-moddasi) kabi, hokimiyat, boşqaruv va jamoat birlaşmalari organlarining faoliyat tartibiga qarşi bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uçun Raşid Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari (101 mln 365 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Şuningdek, Uluğbek Sunnatov 19 yilga, A.Mirzayev 15 yilga, Uluğbek Xurramov 14 yilga, Jamşid Fayziyev 13 yilga, A.Musaşayxov 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bundan taşqari, sud oğir va öta oğir jinoyatlar uçun sudlangan Raşid Qodirov, Mirağlam Mirzayev, A. Mirzayev, Jamşid Fayziyev, Uluğbek Sunnatov, R. Pulatov, Uluğbek Xurramov, Yu. Gaipovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qiliş haqida taqdimnoma kiritişga qaror qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek