Majburiy mehnat töğrisidagi konvensiya bayonnomasi ratifikatsiya qilindi
Özbekiston Respublikasining Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 25-iyun kuni xalqaro hujjatlardan birini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunga imzo çekdi.
Unga köra, Xalqaro mehnat taşkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat töğrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnoma (Jeneva, 2014-yil 11-iyun) ratifikatsiya qilindi, yaʼni Özbekiston tomonidan tan olindi.
Xalqaro qoidalarga binoan, mazkur qonunning qabul qilinişi Bayonnoma biz uçun kuçga kirganini anglatmaydi. Bayonnoma Xalqaro mehnat taşkiloti Boş direktori Özbekistonning ratifikatsiya yorliğini röyxatga olgandan keyin 12 oy ötib kuçga kiradi.
Bayonnomaning rasmiy matni bilan quyidagi manzil orqali tanişişingiz mumkin (rus tilida).
👉 @xushnudbek 👈

