Konstitutsiyaga özgariş kirdi: saylovlar oktabrda böladi

Albom9-fevral, 2021, 14:051 daqiqa0 koʻrish

Rasman: Konstitutsiyaga özgariş kirdi. Saylovlar oktabr oyida böladi

Prezident Konstitutsiyaga özgariş kiritiş töğrisidagi 2 ta qonunni imzoladi.

Birinçi qonunga köra, Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi belgilandi (bungaça dekabr oyida edi).

Bu degani joriy yilgi Prezidentlik saylovi 24-oktabr kuniga töğri keladi.

Ikkinçi qonunga köra, “qonun hujjatlari” degan sözlar “qonunçilik” sözi bilan almaştirildi.

Ikkala qonun ham bugundan kuçga kirdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek