Senat raisining saylaniş tartibi qanday

Matn21-iyun, 2019, 12:291 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Senat raisining saylaniş tartibi qanday?

Konstitutsiyamizning 86-moddasiga binoan, Oliy Majlis Senati öz tarkibidan Senat Raisi va uning örinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi Prezidentning taqdimiga binoan saylanadi.

Senat Raisi va örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali senatorlar umumiy sonining köpçilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.

Ayrimlarda savol tuğilişi mumkin, axir Konstitutsiyada «öz tarkibidan» deyilganku, unda qanday qilib Tanzila Narbayeva Senat aʼzosi bölmasdan raislikka saylanişi mumkin, degan.

Buning javobi: Şavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-iyun kuni «T.K.Narbayevani Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib tayinlaş töğrisida»gi PF-5749-son Farmonga imzo çekkan. Çunki Prezidentda 16 kişini senatorlikka tayinlaş vakolati mavjud va ular orasida 3 nafar senatorning örni böş turgan edi.

Şuningdek, Prezidentning PF-5750-son Farmoniga asosan, Boş vazir örinbosari – Xotin-qizlar qömitasi raisi E.Basitxanova ham Senat aʼzosi etib tayinlagan.

Keça Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Niğmatilla Yöldoşevning vakolati muddatidan avval tugatilganligi sababli, Senat aʼzolari röyxatidan çiqarilgan, şuningdek Tanzila Narbayeva hamda Elmira Basitxanova Senat aʼzolari etib röyxatga olingan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek