Sodiq Safoyev Konstitutsiya islohoti va Prezident haqida
“Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga tiş-tirnoği bilan yopişib olgan siyosatçi emas” — Sodiq Safoyev
Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda maʼlum qildi.
Jumladan, Sodiq Safoyev şunday degan:
«Men aminmanki, Konstitutsiyamizga özgartiriş kiritiş vaqti keldi. Bunga heç kim şubha qilmaydi.
Şu bilan birga, oçiqçasiga buni aytaylik, yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, u albatta barça fuqarolar uçun, şu jumladan bugungi prezidentimiz uçun ham yangi konstitutsiya böyiça saylovlarda iştirok etişga imkoniyat yaratib beradi.
Prezidentimiz bu imkoniyat va huquqdan foydalanadimi, foydalanmaydimi, bu birinçi navbatda uşbu şaxsga havola. Bu şaxsni körsatadigan siyosiy partiyaga havola. Lekin bu haq-huquq u kişida böladi. Bu – xalqaro tajriba, yangi konstitutsiyami, yangi huquqiy makon yaratildi va bu yangilanadi».
Yuqoridagi fikrlar Sodiq Safoyevning pozitsiyasi. Hozirça Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritişga oid qonun loyihasini körmasdan turib, bu böyiça biror huquqiy xulosa aytolmayman.
Şuningdek, intervyu davomida Sodiq Safoyev yana quyidagi fikrlarni bildirgan:
«Şaxsan, mening fikrimni sörasangiz, tajribadan kelib çiqib va xalqaro vaziyatni tahlil qilgan inson sifatida şuni aytişim kerakki, bugun biz bir nihoyatda tahlikali dunyoda yaşayapmiz. Kundan kunga murakkablaşib ketyapti. Şu jumladan bu mamlakatimiz uçun ham salbiy asoratlarini körsatmasdan iloji yöq. Lekin şunga qaramasdan biz islohotlarni davom ettirişimiz kerak. Men aminmanki, bu islohotlarni boşlagan insonda uni oxirigaça yetkazişga imkoniyat bölişi kerak. Buni men kim bilan xohlasangiz va qayerda xohlasangiz bahs qilişim mumkin.
Biz hammamiz sönggi beş yilda şuni kördikki, davlat rahbari, prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev qandaydir hokimiyatga tiş-tirnoği bilan yopişib olgan siyosatçi emas. Körib turibmiz, u kişi el-yurt va vatan uçun xizmat qilişga bel boğlagan, öz umrini bağişlagan inson. Körib turibmizki, xalqimizning oğirini yengil qiliş, birini ikki qiliş, kelajagini taʼminlaş uçun qançalik harakat qilyapti.
Bugungi tahlikali dunyoda aynan dunyo tomonidan eʼtirof etilgan lider Özbekistonga yölboşçi bölişi bu xalqimiz uçun kerak. Islohotlarimiz va olib borilayotgan siyosatlarimizni davomiyligi va izçilligini taʼminlaş biz uçun muhim masala».
Albatta, uşbu fikrlarda jon bor. Haqiqatdan zamon tahlikali va boşlangan islohotlar mantiqiy yakuniga yetişi kerak. Sönggi yillardagi ijobiy özgarişlar Prezident nomi bilan boğlanişini nafaqat millionlab xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham eʼtirof etmoqda.
Umid qilamanki, murakkab tanlov oldida xalqimiz yetti ölçab bir kesgan holda öz xohiş-irodasini bevosita (referendum orqali) yoki bilvosita bildiradi. Va qabul qilingan qaror (u qanday bölişidan qatʼi nazar) Vatanimiz uçun manfaatli bölişini tilayman.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 42


