Konstitutsiyaviy islohotlar uçun 9 ta zarurat
Şavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy islohotlar uçun 9 ta zaruratni sanadi
Prezidentning bayram tabrigida konstitutsiyaviy islohotlarning obyektiv zarurat sifatida quyidagilar sanab ötildi:
1️⃣ ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb özgartiriş;
2️⃣ iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini taʼminlaş boş mezon bölişi kerak. Bu – xalqparvar davlat barpo etişning eng muhim şartidir;
3️⃣ “Jamiyat – islohotlar taşabbuskori” degan ezgu ğoya doirasida Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining örni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlaş ham davr talabidir;
4️⃣ Boş qomusimizda oila institutini rivojlantiriş, ezgu insoniy qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga bezavol yetkaziş, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlaş böyiça konstitutsiyaviy asoslarni belgilab qöyişimiz zarur;
5️⃣ Konstitutsiyamizda yoşlarning huquq va manfaatlarini töla taʼminlaş maqsadida yoşlar sohasidagi davlat siyosati, öğil-qizlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasi, ularning huquq va burçlari konstitutsiyaviy darajada öz aksini topişi kerak;
6️⃣ “Yangi Özbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlaşning vaqti-soati yetdi;
7️⃣ inson huquqlarini himoya qiliş böyiça amaldagi tizimning samarasini oşiriş maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yöl qöymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini işonçli himoya qiliş masalalari ham öz aksini topişi zarur;
8️⃣ hozirgi vaqtda köplab rivojlangan davlatlar öz konstitutsiyasiga ekologiyaga oid maxsus boblar kiritmoqda. Özbekiston Konstitutsiyasida ham uşbu dolzarb masala ustuvor örin egallaşi lozim;
9️⃣ Uçinçi Renessansning tört uzviy halqasi bölmiş boğça, maktab, oliy taʼlim va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qöyiş ham maqsadga muvofiqdir.
«Oliy Majlis palatalari, hurmatli deputat va senatorlarimiz, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar, yoşlar jamoatçiligi, huquqşunos va siyosatşunos olimlarimiz, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilarimiz, butun xalqimiz bu masalada özining aniq fikr va qaraşlarini bildiradilar, deb işonaman», - deyiladi tabrikda.
- 👍 2

