Şavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan tabrigi
Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Özbekiston xalqiga bayram tabrigi yölladi. Unda jumladan şunday deyiladi:
«Aziz va qadrli vatandoşlar!
Mana şu uluğ ayyomda xalqimizning dilidagi bir fikrni yana bir bor taʼkidlab aytmoqçiman: Yangi Özbekistondagi islohotlar endi heç qaçon ortga qaytmaydi.
Işonçim komil, oradan yillar, asrlar ötadi, lekin ğoyat qiyin va murakkab, oğir sinovli yillarda Yangi Özbekistonni bunyod etişga munosib hissa qöşgan insonlarni kelgusi avlodlar minnatdorlik bilan eslaydi.
Barçamizga ana şunday buyuk baxt va şaraf yor bölsin!
Jonajon Özbekistonimiz doimo gullab-yaşnasin!
Barça ezgu işlarimizda Yaratganning özi madadkor bölsin!
Siz, aziz vatandoşlarimni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor çin dildan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman».
- 👍 2



