Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Maktab va boğçalar oldida tezlik meyori kamaytiriladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

​Maktab va boğçalar oldida ruxsat etilgan tezlik meyori keskin kamaytiriladi

Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga oid Prezident farmoni (PF-27, 29.11.2021y) bilan tasdiqlangan strategiyaga köra, maktabgaça taʼlim va umumtaʼlim muassasalariga yondoş yöllarda tezlik meyorlarini keskin kamaytirgan holda, uşbu meyorlarni barça joylar uçun yagona etib qatʼiy belgilanadi.

Bu juda töğri qaror. Maktab va boğçalar qayerda joylaşganidan qatʼi nazar (u xoh markaziy köça böyida, xoh mahalla içida bölsin), tezlik meyorini yoki 30, yoki 40 km/soat etib belgilaş kerak. Bundan norozi bölib, "voy-vuuuuy, nafas olişga ruxsat bormi özi" deb minğirlaydigan ayrim haydovçilarga esa eʼtibor bermaslik kerak. Çunki inson hayoti, ayniqsa murğak bolalarimiz soğliği barça narsadan ustun. Toki özimizning boşimizga tuşişini kutib ötirişimiz şartmas. Yuqoridagi voqeada aytilganidek, farzand doğida kuygan yuzlab oilalarning dardu fiğoni, köz yoşlari hammamizga saboq bölişi kerak.

Maktab va boğçalar oldida tezlikni şunçaki çeklaş bilan ham iş bitmaydi. Imkonini topib barça taʼlim muassasalari atrofiga kamera-radarlar qöyiş kerak. Davlat byudjetidan bunça xarajat qiliş imkoni bölmasa, unda onlayn-auksionlarda öşa joylarni xususiy tadbirkorlarga sotiş kerak. Maktab va boğça atrofiga kamera örnatganlarga yana qanaqadir qöşimça imtiyoz va bonuslar beriş kerak. Toki tadbirkorlarda maktablar yoniga kamera qöyişga qiziqiş va motivatsiya bölişi kerak. Yaʼni oddiy yöllarga örnatiladigan kamera bilan, maktab va boğçalar oldida örnatiladigan kameraning ustuvorligi farq qilişi kerak.

Bu işlarni köp çözib ötirmasdan qiliş kerak. Yana kimningdir farzandi yöllarda halok bölişini kutişga hojat yöq.

👉@xushnudbek👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek