Jurnalist Saidnosir Usmonovning ikkinçi jiyani YTHga uçradi

Matn7-dekabr, 2021, 10:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Mikrofon ko‘targan ayol

Jurnalist Saidnosir Usmonov feysbukda yozyapti:

“…Xizmat safaridan qaytdim. Ming bir alam va şum xabar iskanjasidaman. Bundan bir yil avval opamning 11 yoşli öğli YTH qurboni bölgan edi. Endi singlimni 14 yoşli öğli YTH hodisasiga uçrab kasalxonada koma holatida yotibdi. 03.12.2021 da taxminan soat 18.30 larda "Malika" savdo majmuasi yonida Neksiya rusumli avtomobil piyodalar yaşil çiroğida ötib ketayotgan bolani urib yuborgan. Aytilişiça, şu yölda bölgan tez tibbiy yordam maşinasi bolani 7 şahar klinik şifoxonasiga olib borgan. Ahvoli oğirlaşgaç, bola RŞTYOM ga ötkazilgan. Ertalabgaça singlim bilan kuyovimni bormagan joyi qolmagan. IIB xodimlari kasalxonada bola avariyasi bilan boğliq YTH sodir bölmaganini maʼlum qilişgan. Faqat jiyanimning sumkasidagi daftarda yozilgan maktab raqami va ism-familiyasini hamşiralar telegram kanallariga tarqatibgina singlimni xabardor qilişgan. Erta tongdan karaxt holatda singlim kasalxonaga borgan va ne köz bilan körsinki, jigargöşasi oğir ahvolda jonlantiriş bölimida yotibdi. Qançalar alamli iztirob... Har kuni önlab piyodalar, murğak qalb egalari maşina ğildiraklari tagida qolib ketmoqda. Yöllardagi betartiblik, bilib-bilmasdan maşina haydayotganlar kasriga kimdir yaqinidan, jigargöşasidan ayrilmoqda va bu holatlar yuzlab odamlarning umrbod majruh bölib qolişiga sabab bölmoqda.
QAÇON? QAÇON? QAÇON UYĞONAMIZ? Qaçon xayrixohlik nima ekanligini örganamiz? Qaçon 10 soat ötsa hamki tezkorlik bilan YTH haqidagi holatga oydinlik kirita olmaydigan IIB ning ayrim xodimlari faoliyatini önglay olamiz. Savollar köp. Javob esa mavhum. Haydovçi esa faqat özini oqlaş uçun turli vajlarni öylab topiş bilan ovora.... Ilohim jigarimning nuridiydasiga Alloh şifo bersin."

P.S. Xuddi şu hamkasbimizning boşqa jiyani ötgan yili yölda halok bölgani va aybdor topilmagani(çora körilmagani) haqida köp yozganman. Bir oilaning ikkita bolasi YTH qurboni. Bu axir dahşatku! Tinç zamonda minglab odam, bolalarni yöqotyapmiz. Na profilaktika bor, na strategiya bor, na jinoyatga jazo bor!

Yo Alloh, bolajonga şifo ber!

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek